Assalomu alaykum Axli ilm ulamolarimiz juma namozi turt rakat namoz sunnatlarida uchinchi turtinchi rakatlarida zam sura ukilmaydimi shuni eshitib koldim men doyim zam sura kushib ukir ekanman zam sura kushib ukisam xam boladimi doyimgidek yoki kushib ukish kerekmasmi juma namozi da doim turt rakatli sunnatlarida zam sura ukib kelganman sunnatlarimga.Kasd yoki makrux kilmaganmanmi bilmaganligim uchun raxmat javob uchun
Bismillaxu raxmonu raxim.Assalomu aleykum. Namozdan keyin 33 marta aytiladigan tasbexlardan keyin Ixlos surasi , Falaq surasi, An-nas suralarini aytishlik tugrisida xadislar kelganmi. Shular xaqida malumot berib utinglar iltimos.
Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barokatuh. Alloh ilmizni ziyoda qilsin. Menda bir savol bor edi. Hozirgi kunda Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda his-tuyg‘ularni ifodalash uchun emojilardan keng foydalanilmoqda. Ushbu emojilarning ko‘pchiligida insonning yuz-qiyofasi (kulish, xafa bo‘lish, hayron bo‘lish va hokazo) tasvirlangan bo‘ladi. Mening tushunchamga ko‘ra, Islomda tirik mavjudotning, ayniqsa insonning tasviriga nisbatan ehtiyotkorlik bor. Shu sababli savolim shuki: yuz-qiyofasi tasvirlangan emojilardan foydalanish joizmi yoki yo‘qmi? Agar bu masalada tafsilot bo‘lsa, qaysi holatlarda yoki qaysi turdagi emojilardan foydalanish mumkin? Shu borada tushuntirib bersangiz, juda foydali bo‘lardi. Oldindan rahmat. Vassalomu alaykum.
Assalomu alaykum, men bir katta bank boshqaruvchisiman ya'ni boshlig'i.15 yildan beri bankda faoliyat ko'rsataman. 6 yildan beri rahbar lavozimida. Bankning asosiy faoliyati kredit berish, foizga omonatlarni jalb qilish. Hammasida shartnomalarni men imzolayman. Kreditlarni ma'lum bir foiz evaziga beramiz. Oldinlar ahamiyat bermasdim kasbimni halol yoki haromligiga. Hozirda halovatim yo'qolgan.Oyligim yaxshi. Boshqa kasb hunarim yo'q. Boshqa daromad manbaim yo'q. Oilani asosiy boquvchisi menman. Kreditlarim bor, farzandlarim xususiy maktab bog'chalarda tahsil olishadi. Tashlab chiqib ketsam ta'minotsiz qolishlaridan qo'rqib ishimni tashlab keta olmayapman. Чunki nima ish qilishni bilmayman. Lekin izlanishdaman. Shubxa gumonlar qiynab юbordi. Nima maslahat berasiz. To'g'ri yo'lni ko'rsating iltimos...
Assalomu alaykum. 1) Inson badanidagi har xil toshmalardan yoki yaralardan suvga o'xshash suюqlik, sariq suv, yiring yoki qon chiqsa, o'sha joyni suv bilan юvmasdan, shunchaki ho'l latta bilan artib tashlash orqali badan pok bo'ladimi? Qaysi holatda юvish shart va qaysi holatda nam latta bilan artish kifoya qiladi? 2) Юqoridagi toshmalar insonning beliga va bo'yniga chiqqan bo'lsa, faqat g'usl bilan poklanadimi? 3) Erkak kishi hojatxonaga kirib bavl qilganda, qo'li bilan avratini ushlab tursa, qo'li nopok bo'ladimi? O'sha qo'l bilan kiyimiga va badaniga tegsa, ular ham nopok bo'ladimi? 4) Maniy, vadiy va shu kabilar qurigandan so'ng, ichki kiyimdan qo'l bilan ishqalab tashlansa, qo'l nopok bo'lmaydimi va ichki kiyim pok bo'ladimi? Agar ishqalab tashlanmasa, nopok bo'lib turaveradimi? 5) Maniy, vadiy va shu kabilarning qurug'i kiyimga yoki badanga tegsa, ularni nopok qilmaydimi? 6) Hamma hayvonlar, parrandalar va qushlarning quruq tezagi maydalanib, chang kabi bo'lib kiyimga yoki badanga tegsa, ularni nopok qiladimi? Javoblar uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Tik turib suv ichish qoidasi haqida aytsangiz. Tik turib suv ichish mumkin emasmi? Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Men ayolimga yaqinlik qilmaslik uchun bir yil muddatga iyloga qasam ichib qo'ydim. Bu ishni ilmsizligim sababli qilganman va iylo muddati to'rt oy ekanini bilmagan edim. Qasam oddiy holatda ichilgan, hech qanday shart o'rtaga qo'yilmagan. Bu qasamga uch kun bo'ldi. Endi nima qilishim kerakligi va bu qasamning kafforati haqida yo'l ko'rsatishingizni so'rayman. Rahmat.
Assalomu alaykum. Savollarim tahorat haqida edi. 1) Bavl qilgandan so'ng faqat zakarning o'zini юvish etarli bo'ladimi yoki юz, qo'l va oyoqlarni юvish ham farzga aylanadimi? 2) Shuningdek, el chiqqanda ham юz, qo'l va oyoqlarni юvish farz bo'ladimi? 3) Yana bir savolim, tahoratli kishining biror a'zosidan qon chiqsa, aynan qaysi a'zolarni юvish farz bo'ladi? 4) Agar tahorat olayotganda юz, qo'l yoki oyoqdagi yara tilinib, qon atrofga yoyilmasa, tahorat boshqatdan qilinadimi? Iltimos, shular haqida batafsilroq tushuntirish bersangiz. Kitoblardan o'zimga etarli ma'lumot ololmadim. Javob uchun oldindan rahmat, Alloh ishlaringizga kuch-quvvat va rivoj bersin.
Amerikadagi юk mashinalari, furalar ustaxonasida daromad qilish uslubi юzasidan menda savol tug'ildi. Quyidagi ikki holat deyarli barcha ustaxonalarning pul topish uslubi bo'lib qolgan: 1) Ehtiyot qismlar buюrtma tushganidan keyin dilerlardan olinadi. Biz doimiy mijoz bo'lganimiz uchun dilerlar bizga ehtiyot qismlarni 50% gacha chegirma bilan berishadi. Biz ushbu chegirmani saqlab qolgan holda, ustiga yana foyda qo'yib mijozga sotishimiz to'g'ri bo'ladimi? Masalan, 50 dollarga olingan qismni 100 dollarga sotish. Vaholanki, mijoz dilerning o'ziga borsa ham baribir 100 dollar atrofida sotib oladi. 2) Ish haqi soatbay, taxminan 130 dollar qilib belgilangan. Ish vaqti va narxini hisoblovchi maxsus dastur mavjud. Dastur qancha summa chiqarsa, mijozdan shuni olamiz. Lekin dastur vaqtni ortig'i bilan hisoblaydi. Masalan, bir ishni 4 soatda bajarsak-da, dastur uni 10 soatlik ish deb hisoblaydi. Shu tariqa amaldagi ishga nisbatan 2-3 barobar ko'p vaqt yoziladi. Shunday yo'l bilan daromad qilish joizmi?
Assalomu alaykum, ustozlar! Men do'stimga olti oy oldin qarz bergan edim. O'sha vaqtda 300 dollarni 12 760 so'mdan hisoblab, jami 3 mln 828 ming so'm o'tkazib berganmiz. O'zimda mablag' bo'lmagani sababli akamga 300 dollar berganman, u esa do'stimga so'mda 3 mln 828 ming so'm tashlab bergan. Hozir qarzni qaytarib olayotganda 300 dollarni hozirgi kungi kurs bilan (bugun 12 130 so'm) olishim kerakmi yoki o'sha vaqtdagi 3 mln 828 ming so'mni berishi kerakmi? 200-250 ming so'm ni deb deb halol pulimni harom qilib olmoqchi emasman. Shuning hukmi qanday bo'ladi? Alloh sizlardan rozi bo'lsin!