Assalomu alaykum. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoni ko'rsatuvchi ilovalar mavjud bo'lib, ular ma'lum bir kun yoki vaqtda havo issiq bo'lishi yoxud yomg'ir yog'ishini prognoz qiladi. Ko'pchilik bu ma'lumotlarga tayanib, «Falon kuni yomg'ir yog'ar ekan», deb aytayotganiga guvoh bo'lamiz. Meni qiziqtirgan jihati shundaki, bunday deyish shirk amaliga misol bo'lib qolmaydimi?
Assalomu alaykum. Agar xufton namozidan keyin tahajjudga turish niyati bo'lmay, vitr vojib namozi o'qib olingan bo'lsa, tonga yaqin uyg'onib tahajjud namozini o'qisa bo'ladimi?
Assalomu alaykum. 1. Tishlarimda bir nechta plomba bor. Ulardan bittasi yaroqsiz holga kelgani sababli uni oldirib, qayta qildirmoqchiman. Stomatolog tishimni tozalayotganda chiqadigan qon orqali tahorat buzilsa va shu holatda tishim plombalansa, bundan keyingi qilgan tahorat va g'usllarim hisoblanmaydimi? 2. Oldin qildirgan plombalarimning hukmi qanday bo'ladi? 3. Singlim tishiga breket qo'ydirgan. Bu breketlar olingandan keyin ham tishning ichki qismiga temir doimiy qotirib qo'yilar ekan. Bu holda singlimning g'usl va tahoratining hukmi qanday bo'ladi? Shu mavzularda to'liqroq javob berishingizni so'rayman.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Ota-bola begona bo'lgan ona-bolani o'z nikohiga olsa bo'ladimi? Ya'ni, onasini ota nikohiga olsa, qizini o'g'il oladi. Bu shar'an joizmi?
Shariatda uyda it bokish joiz emas deb ukiganman. Savolim shundan iboratki, tovuqlarim bor. Ularni yovvoyi mushuklar va boshqa tomondan qo'riqlashi uchun it boqmoqchi edim. Bu shar'an joizmi?
Assalomu alaykum ustozlar. 1.Biz qishloqda yashaymiz va plastik kartamizga pul o'tkazish kerak bo'lib qolsa bizning qishloqda mini marketlar bor va o'sha mini market egalari o'zlarining plastik kartalaridan telefonga paynet va plastik kartalarga ham pul o'tkazib berishadi masalan yuz ming so'm pulga to'rtming beshming olib o'tkazib berishadi adashmasam bu ish to'g'rimi yani biz yuqoridagi shahslarga pul berib plastik kartamizga pul o'tkazsak bo'ladimi yoki bankamatlardan o'tkazishim kerakmi plastik kartaga pulni? 2.Oddiy odamlarda ham plastik karta bor shu insonlarga ham malum bir pul berib malum bir mablah evaziga kartaga pul o'tkazib berishsa bo'ladimi masalan yuz ming so'mga besh olti ming so'm evaziga? 3.Boshqa birovlarning telefoniga yoki kamunal toʻlovlariga kartadan pul oʻtkazib keshbekidan foydalanishimiz joizmi? Javoblar uchun oldindan rahmat.
men 2d animatsiyasi yani multfilm korinishdagi video rolik tayorlab youtubega qoyib pul ishlamoqchiman. Shu faoliyatim orqali topmoqchi bolgan pulim menga halol boladimi?
Rossiyada ishlayman men musofirda faqat farz namozini o'qisam ham boʻladimi yoki sunnatni ham oʻqishim kerakmi internet tarmogʻida safarda sunnat namozi oʻqilmaydi degan ma'ruzani ko'rdim.
Assalomu alaykum. 1) Tahoratli inson aksa ursa tahorati buziladimi, qayta tahorat olishi kerakmi? 2) Nafl namozlarida sajda holatida uch marta «Subhana Robbiyal a'la»dan so'ng qaysi tilda bo'lsa ham duo qilsa bo'ladimi? 3) Istixora namozini o'qishni boshlayotganda niyat qanday qilinadi, ya'ni nima deyiladi? 4) Bomdod namozini quyosh chiqadigan vaqtga yaqin o'qib tugatib, hali duo qilmagan bo'lsa, quyosh chiqayotganda ham zikr, istig'for, salovotlar aytsa va o'z niyatlarini bildirsa bo'ladimi? 5) Namoz o'qish makruh bo'lgan paytlarda, ya'ni quyosh chiqayotganda, qiyomda (tikkaga kelganda) va botayotgan paytlarda namoz o'qimasa-ю, lekin zikr, istig'for va salovotlar aytsa bo'ladimi? Bu paytlarda Qur'on tilovat qilish ham joizmi? 6) Agar inson biroz muddat cho'zilib yotib, ko'zlarini юmib tursa, lekin uxlamasa tahorati buziladimi? 7) Quyosh chiqayotgan, tikka va botayotgan paytda namoz o'qish makruhligidan tashqari, qilinmasligi kerak bo'lgan yana boshqa amallar mavjudmi? 8) Ko'zni юmib Allohni zikr qilish, istig'for va salovotlar aytish mumkinmi? 9) Beixtiyor holatda ko'z yosh chiqsa tahorat sinadimi? 10) Peshin namozidan keyin uxlash mumkinmi? 11) Bid'at nima?
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Biz shom namozini o'qish uchun masjidga sal kechroq kirdik, jamoat o'qib bo'lgan ekan. Masjidga bizdan keyin yana to'rt kishi kirishdi va ulardan biri imomlikka o'tdi, biz unga iqtido qildik. Shom namozini mahfiy tarzda o'qishdi va namoz so'ngida sajdai sahv ham qilinmadi. Ushbu o'qigan shom namozimiz durustmi yoki uni qayta o'qib olishimiz kerakmi?