Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Biz shom namozini o'qish uchun masjidga sal kechroq kirdik, jamoat o'qib bo'lgan ekan. Masjidga bizdan keyin yana to'rt kishi kirishdi va ulardan biri imomlikka o'tdi, biz unga iqtido qildik. Shom namozini mahfiy tarzda o'qishdi va namoz so'ngida sajdai sahv ham qilinmadi. Ushbu o'qigan shom namozimiz durustmi yoki uni qayta o'qib olishimiz kerakmi?
Vaalaykum assalom. Jamoat bilan o'qiladigan shom namozida imomning jahriy qiroat qilishi vojibdir. Imom adashib maxfiy o'qigan va yakunda sajdai sahv qilmagan bo'lsa, namoz nuqsonli bo'lsa-da ado etilgan sanaladi, ammo vaqti chiqqunga qadar uni qayta o'qish vojib edi. Lekin hozir namoz vaqti o'tib ketgani sababli, endi uni qayta o'qish shart emas, ibodatingiz durust hisoblanadi. Vallohu a'lam.