Assalomu alaykum. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoni ko'rsatuvchi ilovalar mavjud bo'lib, ular ma'lum bir kun yoki vaqtda havo issiq bo'lishi yoxud yomg'ir yog'ishini prognoz qiladi. Ko'pchilik bu ma'lumotlarga tayanib, «Falon kuni yomg'ir yog'ar ekan», deb aytayotganiga guvoh bo'lamiz. Meni qiziqtirgan jihati shundaki, bunday deyish shirk amaliga misol bo'lib qolmaydimi?
Vaalaykum assalom. Ob-havoni qanday bo'lishi, qachon yomg'ir yog'ishi yolg'iz Allohga ayondir.
Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:
إِنَّ اللَّهَ عِنْدَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ الْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْأَرْحَامِ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَاذَا تَكْسِبُ غَدًا وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ بِأَيِّ أَرْضٍ تَمُوتُ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ (34)
“Albatta, Soat ilmi yolg'iz Allohning huzuridadir. Yomg'irni U yog'dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi erda o'lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o'ta biluvchidir, o'ta xabardordir” (Luqmon surasi, 34-oyat).
عن ابن عمر رضي الله عنهما عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: ( مفاتيح الغيب خمس لا يعلمها إلا الله، لا يعلم ما تغيض الأرحام إلا الله، ولا يعلم ما في غد إلا الله، ولا يعلم متى يأتي المطر أحد إلا الله، ولا تدري نفس بأي أرض تموت إلا الله، ولا يعلم متى تقوم الساعة إلا الله ) رواه البخاري
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: “G'ayb kalitlari beshtadir. Ularni faqat Alloh biladi.
Ob-havo ma'lumotlari shamolning esishi, havo oqimining o'zgarishini kuzatilib, tajribadan kelib chiqib aytilgani sababli g'aybni da'vo qilishga kirmaydi. Shu sababdan ham ob-havo ma'lumotini yomg'ir yog'ishi, shamol bo'lishi, havo ochiq bo'lib falon daraja issiq bo'lishi kuzatiladi, deb aytiladi. Vallohu a'lam.