SAFARDA SUNNAT O'QILADIMI?

ID: 6631

27.01.2026

338

Savol:

Rossiyada ishlayman men musofirda faqat farz namozini o'qisam ham boʻladimi yoki sunnatni ham oʻqishim kerakmi internet tarmogʻida safarda sunnat namozi oʻqilmaydi degan ma'ruzani ko'rdim.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Aslida musofirlar ham sunnat namozlarini to'liq o'qishlari kerak. Avvalo musofir kim ekanini bilib olishimiz lozim. Bir kishi uch kecha-kunduzlik (≈90 km) masofani niyat qilib, o'z shahridan chiqsa musofir hisoblanadi. Qasd qilgan joyiga borgandan keyin, 15 kun yoki undan ortiq vaqt turishni niyat qilsa muqim (musofir bo'lmagan) kishi hukmida bo'ladi. Ammo 15 kundan oz muddatda qaytish rejasi bo'lsa yoki qachon qaytishi noma'lum bo'lsa, musofir hukmida qoladi. Musofir kishi sunnatlarni to'liq o'qiydi. Bu haqda hanafiy mazhabimizning eng mo''tabar asarlaridan biri bo'lmish Imom Saraxsiyning “Al-Mabsut” kitobida shunday deyiladi: “Safar sababli sunnat va nafl namozlar qasr qilinmaydi. Safarda farz namozlar qasr qilib (qisqartirib) o'qiladi, lekin sunnat va nafl namozlar qasr qilinmaydi. Ularni o'zi aslida necha rakaat bo'lsa, shuncha o'qiladi. Чunki, safarda namozni qasr qilib o'qish Alloh taoloning amri bilan bo'lgan va u amr faqat farz namozlariga tegishlidir”. Bu masala haqida “Badoe'us-sanoe'” kitobida shunday deyilgan: “Safarda sunnat va nafl namozlarini qisqartirib o'qish yo'q.Чunki, (farz namozlarini) qisqartirish Alloh taoloning amri bilan bo'lgan. Sunnat va nafl namozlari haqida bunday amr yo'q”. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar