BIR YILGA IYLO QILISH

ID: 6690

28.01.2026

225

Savol:

Assalomu alaykum. Men ayolimga yaqinlik qilmaslik uchun bir yil muddatga iyloga qasam ichib qo'ydim. Bu ishni ilmsizligim sababli qilganman va iylo muddati to'rt oy ekanini bilmagan edim. Qasam oddiy holatda ichilgan, hech qanday shart o'rtaga qo'yilmagan. Bu qasamga uch kun bo'ldi. Endi nima qilishim kerakligi va bu qasamning kafforati haqida yo'l ko'rsatishingizni so'rayman. Rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Siz ichgan qasam iylo hukmidadir. Endi nikohingiz buzilmasligi uchun to'rt oy o'tmasdan ayolingizga yaqinlik qilishingiz lozim. So'ngra, qasamingizni buzganingiz sababli qasam kafforatini, ya'ni o'nta miskinni taomlantirish yoki kiyintirish, bunga qodir bo'lmasangiz, uch kun ketma-ket ro'za tutishni ado etasiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar