NAJOSATLARDAN POKLANISHGA OID MASALALAR

ID: 6699

28.01.2026

518

Savol:

Assalomu alaykum. 1) Inson badanidagi har xil toshmalardan yoki yaralardan suvga o'xshash suюqlik, sariq suv, yiring yoki qon chiqsa, o'sha joyni suv bilan юvmasdan, shunchaki ho'l latta bilan artib tashlash orqali badan pok bo'ladimi? Qaysi holatda юvish shart va qaysi holatda nam latta bilan artish kifoya qiladi? 2) Юqoridagi toshmalar insonning beliga va bo'yniga chiqqan bo'lsa, faqat g'usl bilan poklanadimi? 3) Erkak kishi hojatxonaga kirib bavl qilganda, qo'li bilan avratini ushlab tursa, qo'li nopok bo'ladimi? O'sha qo'l bilan kiyimiga va badaniga tegsa, ular ham nopok bo'ladimi? 4) Maniy, vadiy va shu kabilar qurigandan so'ng, ichki kiyimdan qo'l bilan ishqalab tashlansa, qo'l nopok bo'lmaydimi va ichki kiyim pok bo'ladimi? Agar ishqalab tashlanmasa, nopok bo'lib turaveradimi? 5) Maniy, vadiy va shu kabilarning qurug'i kiyimga yoki badanga tegsa, ularni nopok qilmaydimi? 6) Hamma hayvonlar, parrandalar va qushlarning quruq tezagi maydalanib, chang kabi bo'lib kiyimga yoki badanga tegsa, ularni nopok qiladimi? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. 1) Badandan chiqqan qon, yiring yoki sariq suv kabi najosatlar nam latta bilan artish orqali poklanmaydi. O'sha joyni toza suv bilan юvish shartdir.

2) Toshma yoki yaralar bel va bo'yinda bo'lsa ham, butun badanni юvib g'usl qilish shart emas, balki faqat najosat chiqqan o'rinning o'zini suv bilan юvib tozalash kifoya qiladi.

3) Agar qo'lga bevosita najosat tegmasa, shunchaki avratni ushlash bilan qo'l nopok bo'lmaydi. Ammo qo'lga najosat tegib qolgan bo'lsa, uni юvmasdan turib kiyim yoki badanga tegizish, agar namligi o'tsa, ularni ham nopok qiladi.

4) Qurigan maniy kiyimdan ishqalab tashlansa, kiyim pok bo'ladi, basharti maniy chiqishidan oldin zakar uchi suv bilan poklangan bo'lsa. Ammo vadiy va maziy kabi najosatlar qurigan bo'lsa ham, faqat юvish bilan pok bo'ladi.

5) Agar maniy, vadiy kabi najosatlar quruq bo'lsa va ular tegayotgan kiyim yoki badan ham quruq bo'lsa, najosat юqmaydi va ular nopok bo'lmaydi.

6) Hayvon va parrandalarning tezagidan hosil bo'lgan quruq chang kiyimga tegsa, orada namlik bo'lmagan taqdirda kiyimga o'rnashib qolmagani sababli uni nopok qilmaydi.

Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar