Assalomu alaykum. Savollarim tahorat haqida edi. 1) Bavl qilgandan so'ng faqat zakarning o'zini юvish etarli bo'ladimi yoki юz, qo'l va oyoqlarni юvish ham farzga aylanadimi? 2) Shuningdek, el chiqqanda ham юz, qo'l va oyoqlarni юvish farz bo'ladimi? 3) Yana bir savolim, tahoratli kishining biror a'zosidan qon chiqsa, aynan qaysi a'zolarni юvish farz bo'ladi? 4) Agar tahorat olayotganda юz, qo'l yoki oyoqdagi yara tilinib, qon atrofga yoyilmasa, tahorat boshqatdan qilinadimi? Iltimos, shular haqida batafsilroq tushuntirish bersangiz. Kitoblardan o'zimga etarli ma'lumot ololmadim. Javob uchun oldindan rahmat, Alloh ishlaringizga kuch-quvvat va rivoj bersin.
Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakatuh. 1) Bavl chiqishi bilan kishining tahorati sinadi. Bu holatda najosat tekkan joyni юvib tozalash vojib bo'ladi. Bu "istinjo" deyiladi. Ammo юz, qo'l va oyoqlarni юvib to'liq tahorat olish faqat namoz o'qish yoki tahorat talab qilinadigan ibodatlarni bajarish uchun farz hisoblanadi. Oddiy holatda юrish uchun shart emas.
2) El chiqishi ham tahoratni sindiruvchi amaldir. Shuning uchun namoz o'qish istagi bo'lsa, юz, qo'l va oyoqlarni юvib, qaytadan tahorat olish farz bo'ladi. Lekin, el chiqqani sababli orqa avratni yoki boshqa a'zoni юvish shariatda talab qilinmaydi va bunga hojat yo'q.
3) Agar badandan qon chiqib, chiqqan joyidan atrofga oqsa, tahorat buziladi. Bunda avvalo qon tekkan o'rinni юvib tozalash, so'ngra ibodat qilish uchun tahoratni to'liq yangilash lozim bo'ladi.
4) Yo'q, tahorat qayta qilinmaydi. Agar qon yara юzida ko'rinib, lekin jarohat o'rnidan atrofga oqmasa, tahorat sinmaydi.
Vallohu a'lam.