Assalomu alaykum. Menda taloq masalasida aniq fatvoga ehtiyoj bor. Iltimos, quyidagi holat bo‘yicha shariat hukmini aytib bersangiz. Biz erim bilan oldin 3 taloq masalasini boshdan kechirganmiz. Keyinchalik shariatga muvofiq yangi nikoh o‘qilgan. Yangi nikohdan keyin kelishmovchilik sababli men erimdan “taloq berdim” degan so‘zni aytishini talab qildim. U bu so‘zni o‘zi xohlamagan holda, mening bosimim ostida aytdi. O‘sha paytda uning taloq berishga niyati bo‘lmagan, faqat majbur bo‘lib aytganini bildirgan. Savolim: Majburlash ostida, niyatsiz aytilgan taloq shariatda o‘tadimi? Bu holat oldingi 3 taloqdan keyin o‘qilgan yangi nikohga ta’sir qiladimi? Hozirgi holatda nikoh saqlanib qolgan hisoblanadimi yoki yo‘qmi? Iltimos,aniq fatvo berishingizni so‘rayman. Oldindan rahmat.
Assalomu Alaykom yaxshimisiz mani savolim bor edi gusul vojib bo'lgan holda gusulni o'rniga taxorat olsa bo'ladimi dgan savol bor edi albatta bu hozirgi sharoitimdan kelib chiqib bermoqda man bu savolni shunaqa holatlar bolip qovotdi keyin taxoratni o'zini olip namoz qivonman ko'p paytalada ishda yurgan paytimga to'ri keladi bunaqa holatlar keyin o'rtog'imdan eshitdim biz chekaroq joyda turamiz uyni ichida hamom yo'q edi qishni sovuq kunlarida hovlidagi hamom ham muzlaydi shu paytda er xotin yaqinlik qilganidan so'ng gusul o'rniga taxorat olsa bo'ladi deyishadi shunga ham biroz maslahat bersez javob uchun oldindan rahmat uzur telefon qilmadim uyaldim
Bundan taxminan 15 yil oldin. To'yga pul yig'gan edik 2go'shtga. Unda bu ish mumkin emasligi bilmas edim. Xozir yaqinda yana to'y bo'lishi kerak pulini 2 go'shtga berasan dedi to'y egasi. Unga kimdir 10 yildan oshgan bo'lsa bo'laveradi debti. Man mumkin emas deb bilar edim. Shunga aniqlik kiritib bersez. Oldindan raxmat.
Assalomu alaykum.Men Qoqondanman.Toshkentga parnikda ishlagani kelganmiz. 1 oyni niyat qilib .savolim shuki namoz va tahoratga oid qanday yengillik bor.Parnikda atirgulni yonidagi òtlarni yulamiz atirgulni tikoni qòlga bahosadan kirib ketadi va bazan qòlim ozgina qonaydi shunday holatda tahorat buziladimi? Odatda men namozda 1 rakatda kavsar 2 rakatda ihlos suralarini òqiyman peshinda ham shunday peshinning sunnatida 3 rakatda falaq 4 rakatda nos suralarini òqiyman.Bazan esa 1 rakatda asr surasini òqiyman yani shu suralarni òqishni òzimga odat qilib olganman. Shu ishim tòĝrimi? Har doim bir namozni òqib bolganimda masalan bomdod namozining 2 rakat sunnatini òqib 3 marta istiĝfor aytaman va "ALLOHUMMA ANTAS SALAM VA MINKAS SALAM ..." duosini òqiyman qolimni duoga ochib, keyin 2 rakat farzni òqib bolgach ham huddi shunday. Keyin esa yana boshqattan duoga qòl ochib duo qilaman. Vaziyatga qarab duo qilishimdan oldin OYATAL KURSIY va tasbeh aytaman .Bu ishimchi toĝrimi
Assalamu alaykum savolim bor edi Xufton Va bomdod namoziga uxlab kolinsa Va ish bn bulib peshin namozi kirib kolsa shunda kazo bulgan Xufton Va bomdod namozigi kanday ukiladi Raxmat Javob uchun
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf hazratlarining "Qurʼoni karim va oʻzbek tilidagi maʼnolar tarjimasi" kitobidan sajda oyatini tarjimasini oʻqiganda sajda qilish kerakmi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Hurmatli ustozlar meni savolim shundayki bir joyda o‘qib qoldim aytilishicha dajjolning fitnasi qabrda ham bo‘lar ekan shu ma‘lumot va bu fitnadan saqlanish haqida bilmoqchi edim
Assalomu aleykum. 1) Men bomdod namozini oxirgi daqiqalarda o'qidim, shunda sunnatni tark qilib farzni o'qidim va farzda salovot va duoni tark qilib tashaxuddan keyin ikki tomonimga salom berishim bilanoq namoz vaqti chiqdi yani ikkinchi salomimni chap tomonimga salom berishim bilanoq telefon jiringlab namoz vaqti chiqdi, shunda mening namozim durust bo'ldimi yoki qazosini qaytadan o'qishim kerakmi? Shuni namozda tark qilgan joylarim haqida va salom berishim bilanoq namoz vaqti chiqsa namoz durust bo'ladimi yoki yo'qmi shular haqida batafsil javob bersangiz. 2) Kulganda ko'z yosh chiqsa tahorat buzuladimi, va vena tomiridan Doktir qon olsachi unda ham tahorat buzuladimi? 3) Orqa avratdan najosat qistab kelsa va najosatni chiqarmasdan qisib ushlab tursa va shu paytda najosat chiqmasayu lekin orqa avrat va ichki kiyim terlaganga o'xshab nam bo'lsa bu holatda tahorat sinadimi? 4) Er-xotin jinsiy aloqa qilishni boshlashidan oldin yalang'och holda bismillahni aytib boshlasa bo'ladimi, bunday qilish joizmi? 5) Allohga men senga taslimman desa nima bo'ladi? 6) Nafl namozlarda Allohdan gunohlarini mag'firay qilishini so'rab namozda yig'lasa namozi va tahorati buzuladimi? 7) Junub holatda ro'za tutsa bo'ladimi? 8) Maziy chiqsa ro'zasi buzuladimi? 9) Turmush qurayotganda nikohdan keyin er xotiniga maxrni qachon berishi kerak, va u maxr yani pul bo'ladimi yoki tillami shu maxrni er o'zi ishlab topgan puli orqali amalga oshirishi kerakmi yoki otasini puli bilan bersa ham bo'ladimi? Javoblar uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum Ustoz takvimda kuyosh chikishi 7:45 yozilgan Men shu vaktga tog'ri kelib koldim keen osmonga karadim bulut ekan xali vakt bor deb farzini ukib oldim Xozir xar extimolga k,arshi kazosini uk,isa bo'ladimi?. 2)Ustoz men namozni kupincha munofik,la uk'eydigan vaktga tog'irlab uk,ayapman nma kilib u'zimni to'g'irlasam bo'ladi. Oldindan raxmat.
Assalomu alaykum Ismim Yusuf, xoji bo’lganman, islomiy amallarni qoldrmasdan toliq ado etishga harakatdaman, lekin bir savolim bor: men musofirda ishlayman, hozir oilaviy ahvol biroz qarzga kirganligi tufayli hozir juda ko'p va qattiq mehnat qlyapman. Savol shundaki, yaqin kunda ro’za kirib keladi, men esa tutishga qiynalaman, sabab ishim juda og’ir mehnat talab qiladi va qorin tez ochib qoladi, har ikki soatda suv ichaman hozir qarz tufayli halovat yo'q. Allohga shukur yaxshi pul topyapman, keyin buyragimni biroz shomollatib qoyganman, suv ichmasam juda qattiq og’riydi. Din bu yengilik shunday emasmi, ro'za uchun boshqa 1 oyni ajratsam vatanga qaytganda ado etib bersam boladimi. Hozir topayotgan pulimdan miskinlarni qornini toygazsam boladimi shu haqida aytib bering iltimos