Tahoratda mo‘ylov va qoshning ostiga suv tekkizish shart bo‘ladimi?
Namozda sajdaga borganda birinchi peshona yerga tegadimi yoki burunmi? Men shu paytgacha burnimni birinchi yerga tekkazaman, qay biri to‘g‘ri?
Bomdod namozi azonida "Assolatu xoyrun min-an-navm" kalimasini aytmasa azonni qaytarib aytadimi? Qaytarib aytsa dalilini ham keltirsangizlar.
Ukam vafot etdi. Uning xotini va bitta qizi bor. Lekin qizi nikohsiz tug‘ilgan. Qiz tug‘ilgandan keyin ota-onasiga nikoh o‘qilib, oila bo‘lib yashashgan. O‘sha qiz otasidan meros oladimi?
Kecha kafforot namozi haqida eshitib qoldim. U qanaqa namoz, qachon va qanday o‘qiladi?
Farzand ko‘rmagan odam sovchilikka borsa bo‘lajak kelin-kuyovlar ham farzand ko‘rmaydi deb eshitdim. Shu gap rostmi?
Islom dinida qaysi qushlarning go‘shti harom kilingan?
Men bir mebel sexida ishlayman. Sex egalari sudxo‘rlikka katta qarz olib ish yuritishadi. Men o‘sha sexda ishlab, oylik olishim mumkinmi?
Bir qo‘yimiz kasal bo‘lib qolgan edi, halollash uchun so‘yganimda qon chiqdi, lekin hech qanday harakatni sezmadim. Shuni hukmi qanday bo‘ladi?
Singlimning 9 yildan beri farzandi yuk, 3 marta EKO qildi, lekin bo‘lmadi. Hozir sog‘ligi ham joyida emas. Singlimning 2 tayyor embrioni muzlatilgan, klinikada turibdi. Men opasi surrogat ona bo‘lib, singlimga bolasini tug‘ib bersam bo‘ladimi? Pul ishlab olish va boshka g‘ayr maqsad uchun emas, singlimga kuyinganim uchun shu yo‘lni tanlamoqchiman. Lekin Islomda mumkin bo‘lsa agar.