SOVCHILARDAN SHUMLANISH

ID: 343

04.04.2025

45

Savol:

Farzand ko‘rmagan odam sovchilikka borsa bo‘lajak kelin-kuyovlar ham farzand ko‘rmaydi deb eshitdim. Shu gap rostmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bunday gap yo‘q. Hatto shunday deb e’tiqod qilish shumlanishdir. Shumlanish esa gunohga sabab bo‘ladi. Farzand — Alloh taoloning ne’matlaridan bo‘lib, uni kimgadir berishi yoki bermasligi O‘zining irodasi va xoxishiga bog‘liq. Alloh taolo bu haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

  لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ يَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ الذُّكُورَ 

ya’ni: "Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. (U) xohlagan narsani yaratur. Xohlagan kishisiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illarni hadya etur".

أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَنْ يَشَاءُ عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 

ya’ni: "Yoki ularga o‘g‘illar va qizlarni qo‘shib berur va xohlagan kishisini farzand ko‘rmaydigan qilib qo‘ygay. Albatta, U (buning hikmatini) biluvchi va (O‘zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir" (Shuro surasi, 50-oyat). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar