GO‘SHTI HAROM QILINGAN QUSHLAR

ID: 342

04.04.2025

163

Savol:

Islom dinida qaysi qushlarning go‘shti harom kilingan?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shariatimizga ko‘ra tirnog‘i bilan ov qiladigan qushlar yirtqich hisoblanadi va go‘shti harom sanaladi. Ibn Abbos raziyallohu anhu shunday deganlar:

"أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنْ أَكْلِ كُلِّ ذِي نَابٍ مِنْ السِّبَاعِ وَكُلِّ ذِي مِخْلَبٍ مِنْ الطَّيْرِ " رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُد

“Nabiy sallallouhu alayhi vasallam qoziq tishi bor yirtqich hayvonni va tirnog‘i bor qushni (go‘shtini) yeyishdan qaytardilar” (Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Ushbu hadisdagi "tirnog‘i bor qush"dan o‘sha tirnog‘i bilan ov qiladigan, aziyat beradigan qush tushuniladi. Chunki kabutar (va boshqa qushlar)da ham tirnoq bor, lekin u qushlar yirtqich hisoblanmaydi ("Majma’ul anhur" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar