SAJDADA BIRINCHI PESHONA YERGA TEGADIMI YOKI BURUNMI?

ID: 347

04.04.2025

32

Savol:

Namozda sajdaga borganda birinchi peshona yerga tegadimi yoki burunmi? Men shu paytgacha burnimni birinchi yerga tekkazaman, qay biri to‘g‘ri?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu borada mazhabimizda ikki xil fatvo bor. Qaysi biriga amal qilinsa ham joiz. Alloma Alouddin Kosoniy bu haqda shunday deganlar:

وَمِنْهَا أَنْ يَضَعَ جَبْهَتَهُ ثُمَّ أَنْفَهُ ، وَقَالَ بَعْضُهُمْ : أَنْفَهُ ثُمَّ جَبْهَتَهُ .

"Namozdagi sunnatlardan yana biri: Sajdaga peshonasini qo‘yib, keyin burnini qo‘yishdir. Fuqaholardan ba’zilari: "Burnini qo‘yib, keyin peshonasini qo‘yadi", deganlar" ("Badoius-sanoi’" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar