Yaqinda to‘yimiz bo‘ldi. Kelin bo‘lib tushgan xonadonimda qiziq odatlar bor ekan. Qaynonam “Dasturxonda duo qilayotganda non qolib ketmasin. Aks holda, u nonni yemaslik kerak. Qolgan non shaytonning rizqi bo‘ladi. Uni kuchukka berish kerak”, deb aytdi. Shu gap rostmi?
Men tushimda ayolimga taloqsan debman. Astag‘firulloh. Shu taloq sifatida o‘tadimi? Nima qilishni bilmay qoldim.
Kiyimimga qon tekkan edi. Esimdan chiqib peshin namozini o‘qib qo‘yibman, ikki soatdan keyin qon tekkanini eslab qoldim. Namozni qaytadan o‘qishim kerakmi?
Payg‘ambarimiz alayhissalom hadisi muboraklarida: “Azon bilan takbirning orasida ikki rakat namoz bor”, degan hadislari bizning Hanafiy mazhabimizda qanday amalga oshiriladi? Biz tomonlarda ba’zi bir masjidda shom namoziga azon aytilganidan so‘ng takbir aytmasdan ikki rakat namoz o‘qib, so‘ngra takbir aytib shom namozini farzini o‘qiyapti?
Farzand tug‘ilganda beshikni qizning ota-onasi qilishi shartmi?
Tirik odamning nomidan ham umra qilsa bo‘ladimi?
Uylanmoqchiman. Ramazondan keyin to‘y qilmoqchi edik, ammo uyimizdagilar ikki hayit orasida to‘y qilib bo‘lmaydi deb to‘yni qurbon hayitidan keyinga surishmoqchi. Ularga buni noto‘g‘ri ekanini qanday tushuntirsam bo‘ladi?
Onam umraga borganlarida Safo va Marva orasidagi amalni tahoratsiz qilgan ekan. To‘g‘rirog‘i tayammum bilan qilgan ekan. Shu to‘g‘rimi yoki qo‘y so‘yishlik kerakmidi?
Umra qiluvchi kishi bomdod namozi vaqtida yoki asrdan keyin tavof qilsa, tavof namozini qachon o‘qiydi?
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalamga Jabroil alayhissalom namozni o‘rgatganlarida Meroj va Isro kechalari bo‘lmagan edimi? Ya’ni, 5 mahal namoz farz bo‘lmagan edimi? Necha mahal namoz o‘qir edilar.