UMRADA SA’YNI TAHORATSIZ BAJARSA QO‘Y SO‘YISH KERAKMI?

ID: 331

04.04.2025

135

Savol:

Onam umraga borganlarida Safo va Marva orasidagi amalni tahoratsiz qilgan ekan. To‘g‘rirog‘i tayammum bilan qilgan ekan. Shu to‘g‘rimi yoki qo‘y so‘yishlik kerakmidi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Safo va Marva oralig‘ida qilinadigan amal sa’y deb nomlanib, umraning vojiblaridan hisoblanadi. Bu amalni tahoratsiz bajarish bilan qo‘y so‘yish vojib bo‘lmaydi. Shuning uchun onangizni ibodati to‘g‘ri bo‘lgan.

ولا يجب فيه الطهارة عن الجنابة و الحيض سواء كان سعي عمرة أو حج لأنه عبادة تؤدي لا في المسجد الحرام والأصل ان كل عبادة تؤدي لا في المسجد الحرام في أحكام المناسك فالطهارة ليست بواجبة لها 

Sa’yda janobat va hayzdan pok bo‘lish, xoh umraning, xoh hajning sa’yi bo‘lsin, vojib bo‘lmaydi. Chunki, sa’y Masjidul Haromda ado qilinmaydi. Asl shuki, haj va umra amallaridan Masjidul Haromdan tashqarida bajariladigan amallarda tahorat vojib emas. ("G‘unyatun nosik" kitobi, 134-bet). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar