Tirik odamning nomidan ham umra qilsa bo‘ladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar bir kishi solih amal (nafl namoz, tilovati Qur’on va boshqa savobli amallar) qilib, uning savobini tirik yoki vafot etgan kishilarga yoxud ikkalasiga bag‘ishlasa joiz bo‘ladi. Buni fiqhiy manbalarimizda "Iysolu savob" degan atama bilan keltiriladi. Shuning uchun Umraga borgan kishi o‘zining zimmasidagi sunnat umrani bajargach, qo‘shimcha nafl umra qilib savobini tirik odamga bag‘ishlashligi mumkin bo‘ladi.
من صام أو صلى أو تصدق وجعل ثوابه لغيره من الأموات والأحياء جاز. (ج2، ص: 243) فقط والله أعلم
"Kimki ro‘za tutsa yoki namoz o‘qisa yoki sadaqa qilsa va savobini boshqaga o‘lgan yoki tirik bo‘lsin bag‘ishlasa joiz bo‘ladi" ("Durrul Muxtor" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.