BOMDODNING AZONIDA "ASSOLATU XOYRUN MIN-AN-NAVM"NI AYTMASA

ID: 346

04.04.2025

39

Savol:

Bomdod namozi azonida "Assolatu xoyrun min-an-navm" kalimasini aytmasa azonni qaytarib aytadimi? Qaytarib aytsa dalilini ham keltirsangizlar.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Yo‘q, bu holatda azonni qaytarib aytmaydi, balki xato bo‘lgan joyini to‘g‘rilaydi: "Assolatu xoyrun min-an-navm" kalimasini 2 marta aytib, izidan Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illalloh kalimalarini aytib qo‘yadi. Mabodo to‘g‘rilashni unutsa ham, namozi joiz bo‘ladi. Bu haqida "Fatovoi hindiya" kitobida shunday deyiladi:

وَإِذَا قَدَّمَ فِي أَذَانِهِ أَوْ فِي إقَامَتِهِ بَعْضَ الْكَلِمَاتِ عَلَى بَعْضٍ نَحْوُ أَنْ يَقُولَ : أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ قَبْلَ قَوْلِهِ : أَشْهَدُ أَنْ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ فَالْأَفْضَلُ فِي هَذَا أَنَّ مَا سَبَقَ عَلَى أَوَانِهِ لَا يُعْتَدُّ بِهِ حَتَّى يُعِيدَهُ فِي أَوَانِهِ وَمَوْضِعِهِ وَإِنْ مَضَى عَلَى ذَلِكَ جَازَتْ صَلَاتُهُ كَذَا فِي الْمُحِيطِ .

ya’ni: "Azon yoki iqomatida ba’zi kalimalarni boshqasidan avval aytib qo‘ysa, masalan: "Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh" jumlasini "Ashhadu an la ilaha illalloh" dan avval aytsa, bunda afzali shuki, o‘z o‘rnidan avval aytilgan kalima, toki o‘z o‘rnida qaytarib aytilmaguncha,  hisobga olinmaydi. Agar xato holatida davom etsa ham, namozi joiz bo‘ladi. "Muhit" kitobida shunday kelgan". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar