Meni bir holam bor u ko‘p yildan buyon kasal. Uni har xil joylarda davolatdik. Ammo muolajalar samara bermadi. Keyin holam folbinni oldiga borgan edi, holam folbindan fotiha olib, u ham folbin bo‘lishi kerakligini aytibdi. Ammo holam Allohdan qo‘rqib buni rad qildi. Savolim shuki, holam sog‘ligi uchun folbindan fotiha olsa bo‘ladimi?
Bir kishi bilan tijoratda sherik bo‘lmoqchi edim. U kishi agar sherik bo‘lsak, uchinchimiz Alloh bo‘ladi, ya’ni foydani uchdan birini Alloh uchun ajratamiz, dedi. Shunday deb, sherikchilikni boshlash mumkinmi?
Nikoh paytida kiyovga "Falonchini qizi pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kiyov "roziman" desa va qiz tomonga "Falonchini o‘g‘li pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kelin "roziman" desa nikoh bog‘lanadimi?
Aroq sotiladigan restoranda yoki magazinda ishlasa bo‘ladimi? Uni ishi aroqqa bog‘liq bo‘masa, masalan, kassir yoki povar yo farrosh bo‘lib ishlasa, o‘sha yerdan oladigan oyligi halol bo‘ladimi?
Yaqinda tug‘ilajak farzandimiz o‘g‘il bo‘lsa Muhammad deb ism qo‘ymoqchi edim. Lekin ba’zi kishilar qo‘shimcha qo‘shish kerak, masalan Muhammad Ali yoki Muhammad Yusuf deb nomlash kerak deyishyapti. Shunga aniqlik kiritib beringlar. O‘g‘ilga Muhammad ismini o‘zini qo‘yib bo‘lmaydimi?
Agar 4 rakatli farz namozlari yolg‘iz o‘qilganda bilmasdan 4-rakat deb adashib 5-rakat o‘qilsa buning hukmi qanday bo‘ladi?
Meni bir g‘ayridin qo‘shnim kasal bo‘lib qoldi. Kasalxonada davolanmoqda, unga shifo so‘rab duo qilsam bo‘ladimi yoki mumkinmasmi?
Yosh bolalar namozni necha yoshdan o‘qishi kerak?
Meni 4 yashar qizim bor shu bolam 3-4 oydan beri gapirganda tutilib qo'lyapti. 2-3 domlaga o‘qitdik, 1-2 kun yaxshi gapirib yana tutulib qo'lyapti. Shifo bo‘luvchi duo bormi?
Oila a’zolarim bilan milliy qo‘g‘irchoq yasaymiz. Shu ishimiz joizmi?