SHIFO BO‘LUVCHI DUO BORMI?

ID: 520

04.04.2025

79

Savol:

Meni 4 yashar qizim bor shu bolam 3-4 oydan beri gapirganda tutilib qo'lyapti. 2-3 domlaga o‘qitdik, 1-2 kun yaxshi gapirib yana tutulib qo'lyapti. Shifo bo‘luvchi duo bormi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Quyidagi duoni o‘qib, ko‘p marta dam soling: "Bismillahi arqiyka. Min kulli shay’in yu’ziyka. Min sharri kulli nafsin av aynin hasidin Allohu yashfiyka. Bismillahi arqiyka".

Duoning ma’nosi: "Allohning nomi ila senga dam solurman. Senga ozor beradigan har bir narsadan. Har bir nafs yoki ko‘zning sharridan Alloh senga shifo bersin. Allohning nomi ila senga dam solurman".

Dam solish — duoning bir ko‘rinishidir. Imkon qadar tez-tez takrorlanadi. Alloh taolodan shifo umid qilinadi.

Shu bilan birga qizingizni shifokorga ko‘rsatish, mutaxassislarning maslahatini olishingiz kerak. Rasuli akram alayhissalom ham bemor bo‘lsalar, ham dam solar, ham tabibga ko‘rsatar edilar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar