Safarda edim. Bir masjidga kirib jamoat bilan namoz o‘qidim. Keyin bilsam namozga imomlik qilgan kishi shofeiy mazhabidagi kishi ekan. Savolim shuki, boshqa mazhabdagi imomga iqtido qilishimiz joizmi?
Mening bir do‘stim bedavo kasaliga chalingan. Unga hamma narsa Allohdan, Alloh shifo bersa sog‘ayishi haqida ko‘p aytdim. Lekin uning umidi tobora yo‘qolib boryapti. Nima deb nasihat qilay?
Hozirgi vaqtda ko‘p kiyimlarning bosh kiyimi ya’ni kapyushonka kiyib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Biz tomonda ko‘p yoshi kattalarimiz shom namozidan so‘ng turib ikki rakat "Tuhfai Rasul" namozi o‘qib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlaydilar. Shunday qilish joizmi?
Qur’on kitobini kindikdan pastga tushurmaslik kerakmi?
Payg‘ambarimiz: "Bir qizni sevdingmi unga sevishingni aytib qo‘y" deganmilar?
Quyoshda isigan suv bilan tahorat yoki g‘usl qilish mumkinmi? Ba’zilar quyoshda isigan suvni ishlatish badanga oqlik tushushiga sabab bo‘ladi deyapti. Shu to‘g‘rimi?
Hammamizga ma’lumki 3 vaqtda namoz o‘qib bo‘lmaydi: kun chiqayotganda, qiyom paytida va kun botayotganda. Mening savolim shuki bu hukm faqat namoz uchunmi yoki namozdan keyin o‘qiladigan tasbeh, salavot, Qur’on tilovati kabilar ham mumkin emasmi?
Bir odam menga sirka ichib turish yaxshi deb aytdi. Aytingchi, sirka haqida dinimizda nima deyilgan?
Nima uchun Bomdod namozining sunnatini ham qazosi o‘qiladi?