"ROZIMAN" DESA NIKOH BOG‘LANADIMI?

ID: 526

04.04.2025

155

Savol:

Nikoh paytida kiyovga "Falonchini qizi pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kiyov "roziman" desa va qiz tomonga "Falonchini o‘g‘li pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kelin "roziman" desa nikoh bog‘lanadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Savolda so‘ralgan holatda nikoh bog‘lanadi. Bu haqida mashhur hanafiy alloma Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh shunday deganlar:

يرتبط عقد النكاح بنَكَحت، أو قَبِلتُ، أو رَضِيت.

ya’ni: "Nikoh aqdi "nikohlandim", "qabul qildim", "rozi bo‘ldim", "roziman" degan lafzlarning biri bilan bog‘lanadi" ("Fathu bobil inoya" kitobi).

Shunday ekan, kiyovga "Falonchini qizi pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kiyov "roziman" desa va qiz tomonga "Falonchini o‘g‘li pistonchi bilan nikoh bog‘lashga rozimisiz" deyilsa, kelin "roziman" desa nikoh bog‘lanadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar