Assalomu aleykum, fitr sadakasi bermoxchi edim. 2026 yil fitr sadaka mikdori 2 kg bugdoy mikdori 10ming sum bulsa 10 ming sumni 30 kunga kupaytirib, 300 ming sum beramanmi?
Chang roʻzani ochadimi. Toʻliqroq maʼlumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat
Assalomu alaykum. Biz Qo'qon shahrining O'zbekiston tumanida yashaymiz. Azon 18:27 da aytiladi, lekin oilamizdagi ko'pchilik Toshkent vaqtiga qarab, kechroq og'iz ochadi. Shu to'g'rimi?
Assalomu alaykum. Menda 34 dona yoshi taxminan 1,5-2,5 yoshli buqalar mavjud. Hammasi vazni xar xil 400 kg dan 550 kg gacha tirik vaznda. Bularni foyda qilish maqsadida 7-8 oy oldin sotib olganmagn va hozirgi kunga qadar boqyabman. Buqalar yaylovda emas fermada boqiladi. Xurmatli ustozlar yuqoridagi masalani ko'rib chiqib zakot miqdorini belgilashda menga yordam bersangiz. Yani bir savol ota ro'zg'ori boshqa bo'lgan qizi uchun zakot bersa bo'ladimi? Javoblar uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Savolim taqdir va qismat haqida. Insonning taqdiri va qismati tugʻilishidan oldin bitilgan boʻladimi yoki inson umri davomida ulardan birini oʻzgartira oladimi. Iloji boʻlsa shu ikkisi haqida ozroq tushuncha bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Abdurahmoniy Qur'onidagi «to'xtash mumkin emas» belgisida to'xtasa nima bo'ladi?
Zikr haqida bilmoqchiman iltimos tushuntirib bering
Assalamu alaykum. Fatvo Markazini tashkil qilgan va unda faoliyat yuritib, savollarimizga beminnat javob berayotganlarga Allohni rahmati bo'lsin. Men 20 yoshdaman. Men tug'ilganimda ota-onam meni ammamga berishgan. Ammam 13 yil farzand ko'rmagani uchun ukasini o'g'lini (ya'ni meni) farzandlikka olgan. Ammam va eri meni o'z nomlariga o'tkazib olishgan. Ya'ni guvohnomada ota-ona sifatida o'zlarini ismlarini kiritishgan. Menga esa aytishmagan. Men ularni "ota-ona" deb ulg'ayganman. Haqiqiy ota-onamni esa "Tog'a" va "Yanga" deb katta bo'lganman. Keyinchalik o'zim sezganman. Bir marta "onam"-dan (ya'ni ammamdan) so'raganimda "Bizni farzandimizsan" - deb javob berganlar. Lekin o'zim sezar edim haqiqatni. Ular xafa bo'lishmasin deb, ularga bilishimni bildirmadim. Keyinroq (≈ 14 yoshimda) asl haqiqatni, ya'ni haqiqiy ota-onam bular emasligi va haqiqiy ota-onam kim ekanligiga 100% amin bo'ldim. Shunda ham bilishimni bildirmadim va haqiqiy ota-onamni "Tog'a" va "Yanga" deb yuraverdim. Meni katta qilgan (boqib olgan) "ota-onam" meni o'z farzandidek ko'rgan. Taqdir taqozosi bilan 17 yoshimda "Onam" (ya'ni ammam) olamdan o'tdilar. Bu voqeadan 1 yil o'tmay. Meni tuqqan ayol, yani haqiqiy onam bor voqeani aytdilar. Men buni oldinroq bilar edim. Men shunda ham "Ona" deb chaqirmadim. "Yanga" deb chaqirishga odatlangan edim. Lekin 1 yildan keyin "Ona" deb chaqirishni boshladim. Hozir haqiqiy otamni ham asta-asta "Ota" deyapman. Buni oilam (ya'ni meni katta qilgan odamlar) bilmaydi ("Tog'a" va Yanga" emas balki "Ota-ona" deyishimni). Men haqiqatni bilish-bilmasligimni biladilarmi yo'qmi bilmayman. Katta ehtimol biladilar. Hozir ham katta bo'lgan uyimda yashayman. Universitetda tahsil olyapman. Meni ta'minotimni to'liq boqib olgan oilam qiladi. Yuqorida aytganimdek hujjatdagi (guvohnoma, ID karta, pasport va hokazolar) familiya va ochestvam shularniki. Kim "Kimni o'g'lisan?" - desa, hujjatdagi familiya-ochestvani aytaman. Endi hozirlar bu ish gunohligini bilyapman. Ahzob surasini 4-5-oyatlarini tafsiri bilan tanishdim. Shu masala haqida yozilgan ekan. Yana bir nechta hadislarda shu masala bor ekan. Men hozir nima qilishni bilmayapman. Buni ancha vaqtdan beri so'ramoqchiman. Men nima qilishni bilmayapman. Nima qilishim kerak? Hujjatdagi nasab (familiya ochestva) nima bo'ladi? Meni boqqan, farzandidek ko'rgan odamni "Ota" - deb chaqirsam, nima bo'ladi? O'zimni tanishtirayotganda "Falonchini o'g'liman" - degan paytimda kimni ismini aytay? Meros masalasi nima boladi (meni boqqan odamni farzandi yo'q) Nasab masalasi nima bo'ladi? Uylanib farzand ko'rsam, ularni familiyasi nima bo'ladi? Bu masalalarni qanday hal qilay? Men shu masalalar bo'yicha fatvo so'ramoqchiman. Masalaga aniq fatvo berishga vaziyatni to'liq bilish kerakligi uchun hozirgi vaziyatimni to'liq bildirishga harakat qildim. Barcha tafsilotlarni ko'rsatishga harakat qildim. Maqsadim payg'ambarimizni (s.a.v.) "... Allohni, farishtalarni va butun insonlarning la'nati bo'lsin" deb aytgan toifaga kirib qolmaslik. Alloh subhanahu va ta'ologa osiy bo'lmaslik. Alloh Ta'oloni buyrug'iga xilof yo'l tutmaslik. Shu bilan birga shu kungacha meni katta qilgan va ta'minotimni qilib kelayotgan oilamni xafa qilmaslik. Ko'nglini og'ritmaslik. Menga to'g'ri yo'lni ko'rsatinglar. Siz Aziz Ustozlar bergan fatvo menga bu dunyoda odamlarni oldida, Qiyomat Kunida Alloh Ta'oloni huzurida dalil bo'ladi. O'zim ham xotirjam bo'laman, nasib. Alloh Subhanahu va Ta'olo qilayotgan xizmatlaringizdan rozi bo'lsin. O'zi ilmlaringizni ziyoda qilsin. O'zi kuch-quvvat bersin.
Assalomu alaykum. Agar bomdod namozining vaqti 5:19 da kirsa, masjidda azon chaqirilgandan keyin darhol o'qisa bo'ladimi yoki uyda ham masjidda o'qilishini kutish kerakmi?
Assalomu alaykum. Ro'zadorning tomog'i og'risa, furaцilin yoki tuzli suv bilan g'arg'ara qilib chayishi mumkinmi?