Assalomu alaykum! davlat ishida ishliman, loyihachimiz, arxitektor, konstruktorlik ishlarini qilamiz. 1-savol. davlat ishida ish vaqtida davlat ishini qilib, ishdan tashqari paytda ko'chadan olingan ishni qilsak bo'ladimi? 2-savol. davlat ishida ish vaqtida ish yo'q bo'lib, ko'cha ishini qilsak bo'ladimi? 3-savol. bazida ko'cha ishi zarilroq bo'ladi, davlat ishini vaqtincha to'xtatib turib bajaramiz 4-savol. bazida davlat ishi ko'payib ketib ishning muddati judayam yaqin bo'ladi. va bizga iltimos qilishadi, shanba va yakshanba va yana ishdan keyin ham qolib ishlab bergin dib, lekin, ishdan tashqari qolganimizga qo'shimga oylik yozishmaydi, yozishsayam biza bilmimiz. bu joyda davlat to'ki ishlatilinmoqda, va ishxona kompюterlarida ishlatamiz zam direktorlar va asosiy direktorlar bunga ruhsat bervotti. chunki oylik kam. birinchi o'rinda bizani ishimizani qilib ber diyishvotti. baribir mani ichimda shubha bor, bu halolmi yoki harommi? iloji bo'lsa to'liq, hikoya, hadis va sharxlari bilan yozib bersangiz, ichimizda zarracha shubha qolmasligi uchun.
Voqea surasini 40 kunda oʻqish har kunni soni boʻyicha oʻqiladi deyilgan 1 kun 1 ta 2 kun 2 ta 3 kun 3 ta 40 kun 40 ta umumiy 40 kunda oʻqilgan soni 818 martani tashkil qiladi buni amalga oshishi soni bilan ham bogʻliqmi yoki har kuni 50 tadan bomdoddan keyin oʻqilsa amalga oshishi aniq va kuchliroq boʻladimi
Assalom alaykum aziz ustozlar. Mening savolim savdo haqida. Biz dehqonchilik bilan shug'ullanamiz va etishtirilgan mahsulotlarni gohida bozorga olib chiqib gohida uydan sotamiz. Uydan sotgan vaqtimizda ko'pincha narhni o'ynashi sababli yo dehqon yo oluvchi zarar ko'radi. Oluvchi molga aniq narh qo'ymay ertangi bozor narhiga qarab kelishamiz (ertangi bozor qancha bo'lsa Men molning Har kilosiga 1000 so'm foydamni olaman qolganini olib kelaman deydi). Savol shinday bay qilish shariatga to'g'ri keladomi? Javob uchun rahmat.
Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh. Agar oilada ayolning hech qanday haq huquqlari inobatga olinmasa, u uchun eri mablagʻ ajratmasa, qaynonasi tomonidan mensimaslik, zugʻm oʻtkazish holatlari mavjud boʻlsa, qaynonasining hukmiga koʻra kelinning ota onasini koʻrishga borishi 1 oyda 2 marta deb belgilansa, uyda kelinning opa ukalari onasi bilan telefon orqali gaplashishi chegaralab qoʻyilgan boʻlsa va eri ham na ayolini na uning ota onasini hurmat qilmasa va toʻshagini alohida qilib olgan boʻlsa, farzandlar borligini hisobga olsak bunday oilada yashashning shariatda hukmi qanday? Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu Alaykum Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Men Inkubator orqali jo'ja ochiraman, bazi holarda 1 - 2 ta yoki bir nechta jo'ja nogiron ochiladi yani oyog'i orqaga bo'lib mustaqil yura olmaydi bazilarini davolash mumkun ba'zilarini esa yo'q. Davolab bo'lmaydigan jo'jalar mustaqil ovqatlana olmaydi suv icha olmaydi toqatim yetganicha ovqat beraman lekin bu yetarli bo'maydi 2 - 3 kunda ozib holsizlanib qiynalib o'lib qolishadi. Savolim qiynalmasliklari uchun ularni shu holida yoki so'yib mushukga bersam yoki ko'msam bo'ladimi zulm qilgan bo'lmaymanmi?
Assalomu alaykum! Men videomontajor sifatida faoliyat olib boraman. Asosan ijtimoiy tarmoqlar uchun ta'limiy va odamlarga foydasi tegadigan videolarni montaj qilishga harakat qilaman. Video ko'proq odamga etib borishi, qiziqarli va ta'sirli chiqishi uchun musiqadan orqa fonga ham foydalanaman. Bir kuni musiqa masalasida ulamolar o'rtasida ixtilof borligini eshitib qoldim. Shundan so'ng topayotgan daromadim va kasbimga o'zimda shubha uyg'onib, internetdagi va shu saytdagi ko'plab fatvolarni o'qib va eshitib chiqdim, lekin Hanafiy mazhabidagi ulamolarning aynan men qilayotgan ish bo'yicha aniq va batafsil fatvosini topa olmadim. Ishimga shubha shunchalik kuchaydiki, kasbimni o'zgartirishni ham o'ylanib qoldim. To'g'ri, bir tarafdan savolga javob oddiydek — hech qanaqa musiqa ishlatmaslik. Lekin bu orqali ko'pchilikka etib borish qiyin, raqobatchilarning videolaridan ortda qolganlik yaqqol seziladi. Deyarli barcha kompaniyalar va mijozlar musiqa qo'yib berishni talab qilishadi. Shu sababli quyidagi masalalarda savollarim bor edi: 1. Videolarda fon sifatida musiqa ishlatishning hukmi qanday? 2. Agar video foydali yoki ta'limiy bo'lsa, bu hukmga ta'sir qiladimi? 3. Agar bu masala ixtilofli bo'lsa, bunday sohada ishlamaslik afzalroqmi? Shu masalaga batafsil tushuntirish berilsa, men kabi zamonaviy kasb egalari (videograf, SMM menejer va mobilograf) va boshqa ko'plab insonlarga foydali bo'ladi deb o'ylayman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Qarindoshlar yigʻilib qora mol qurbonlik qilmoqchi edik. Oʻrtamizda moli nisobga yetgani bor yetmaganlari ham bor. Bir kishi kamroq bir kishi koʻproq pul qoʻshsa boʻladimi . Niyatlari har-xil boʻlsachi birovi hammasini ehson qilmoqchi birovlari 3 ga boʻlib birovlari hammasini oilasi uchun saqlamoqchi. Qurbonlikka olingan molni ertaroq olsak misol 2-3 oy oldin choʻponga berib boqtirganimiz yaxshimi yoki hissador boqsa ham boʻladimi qaysi biri afzalroq? Qora mol olishda uni tiriklik vazniga baho belgilab taroziga chiqarib olsak boʻladimi ? Qora mol goʻshti 7 ga 1 nisbatda baravar taqsimlanadi mi yoki goʻshtni belgilab aytsa ham boʻladimi misol qoʻl qismini men olaman deb ?
1. Men sotib foydalanish maqsadida 400 mln so'mlik tovarni 3 yilda bo'lib to'lash sharti bilan 472 mln so'mga oldim. Har 3 oyda 40 mln so'mdan to'lab boraman. Yilning boshida oldim, muddati kelmaganligi uchun hali biron marta to'lov qilmadim. Tovar menda, lekin shu tovar uchun 472 mln qarzim bor. Zakotni hisoblashda shu 472 mln so'm nisobdan ayirib hisoblaymanmi? 2. O'tgan yili 500 mln so'mga 2 yilda bo'lib to'lash sharti bilan yangi qurilayotgan uylardan birini sotib oldim. Uy hali bitmadi. Uyni sotish maqsadida olmaganman. Uy uchun shu kungacha 150 mln so'm to'lov qilganman. Lekin bitmagan bo'lsada Kelasi yilning yarmigacha 350 mln so'm yana to'lov qilishim kerak. Shu holatda bu majburiyatim nisobga qanday ta'sir qiladi?
Assalomu aleykum, fitr sadakasi bermoxchi edim. 2026 yil fitr sadaka mikdori 2 kg bugdoy mikdori 10ming sum bulsa 10 ming sumni 30 kunga kupaytirib, 300 ming sum beramanmi?
Chang roʻzani ochadimi. Toʻliqroq maʼlumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat