Assalomu Alaykum Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Men Inkubator orqali jo'ja ochiraman, bazi holarda 1 - 2 ta yoki bir nechta jo'ja nogiron ochiladi yani oyog'i orqaga bo'lib mustaqil yura olmaydi bazilarini davolash mumkun ba'zilarini esa yo'q. Davolab bo'lmaydigan jo'jalar mustaqil ovqatlana olmaydi suv icha olmaydi toqatim yetganicha ovqat beraman lekin bu yetarli bo'maydi 2 - 3 kunda ozib holsizlanib qiynalib o'lib qolishadi. Savolim qiynalmasliklari uchun ularni shu holida yoki so'yib mushukga bersam yoki ko'msam bo'ladimi zulm qilgan bo'lmaymanmi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh, ha, agar vaziyat siz aytgandek og'ir bo'lsa, ularni qiynamasdan so'yib, mushukga bersangiz bo'ladi. Ammo tirik holda berib bo'lmaydi. Vallohu a'lam.