Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Savolim taqdir va qismat haqida. Insonning taqdiri va qismati tugʻilishidan oldin bitilgan boʻladimi yoki inson umri davomida ulardan birini oʻzgartira oladimi. Iloji boʻlsa shu ikkisi haqida ozroq tushuncha bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Mo'min inson dinida bilishi zarur hisoblangan e'tiqodiy bilimlar bor bo'lib, dastavval ana shularni puxta o'rganib, komil aqidaga ega bo'lishi lozimdir. Qazo va qadar – yaxshilik va yomonlik Alloh taolodanligiga iymon keltirish ham shular jumlasidandir. Ba'zi insonlar yaxshiligu yomonlik Allohdan deganida Alloh azalda falon-falon ish bo'ladi, deb yozganu, banda esa ularni amalga oshirishga majbur, degan tushunchaga boradi. Bu ahli sunna val jamoa e'tiqodiga ziddir. Ulamolarimiz qazo va qadarni ta'rifida shunday deyishgan:
Alloh taoloning kelajakda maxluqotlarida sodir bo'ladigan narsani bilishi qadar deyiladi.
Ya'ni Alloh taolo maxluqotlarning xayotiю mamoti, sog'lig'iю kasalligi, kengchiligiю farovonligi, barcha holatlarini oldindan bilishi qadar hisoblanadi.
Alloh taoloning ilmida vujudga kelishi oldindan aniq bo'lgan narsani vujudga keltirishi qazo deyiladi.[1]
Ya'ni Alloh taolo maxluqotlari borasida oldindan bilgan narsasini O'zi belgilab qo'ygan vaqtida O'z ilmiga muvofik юzaga chiqarishi qazo hisoblanadi.
Ulamolarimizdan Xattobiy raxmatullohi alayx quyidagilarni aytadilar:
«Ko'pchilik odamlar qazo va qadarni Alloh taolo tomonidan O'zi taqdir qilib qo'ygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish, deb hisoblaydilar. Ularning bu fikrlari noto'g'ridir. Qazo va qadarning ma'nosi, bandalarning kelajakda bo'ladigan ishlarini Alloh tomonidan muqaddam bilib turilishidir». Demak, bandalarning amallariga kazo va kadarning hech ta'siri yo'q ekan. Qazo va qadar faqatgina Allox taoloning azalda kelajakda nimalar sodir bo'liщini bilishi ham ularni bilganidek yaratishidir. Bu erda yana bir narsaga e'tibor berish kerakki, Allox taolo bandaga ixtiyor qilish ne'matini bergan bo'lib, banda har doim o'z ishlarida qilish va qilmaslik tanlovida bo'ladi.
Misol tariqasida, faraz qiling, ustoz o'z shogirdlarining ilmiy saviyasini yaxshi biladi. Imtihonga kirishdan avval falonchi «a'lo» baho oladi, pistonchi «yaxshi» baho oladi, deb aytdi. Imtihon natijasi ustoz aytganidek chiqdi. Shogirdlar ustoz aytgan gap uchun mazkur natijaga erishdilarmi? Yoki ustozning o'z tajribasiga asoslangan ojizona ilmi ularni o'sha baholarni olishga majbur qildimi?
Albatta, Alloh taologa hech qanday o'xshash yo'q. Lekin tushunish uchun keltirilgan shu misoldan ham qazoi qadarda bandani biror narsaga majburlash yo'qligini anglab olishimiz zarur. Ojiz inson o'ziga qarashli narsalarda shunchalik ilmga ega bo'lsa, nima uchun qudratli Alloh – cheksiz ilm sohibi bo'lgan zot, azaldan hamma narsani bilmasligi kerak?
Allohdan foydali ilm hamda unga amal qilish baxtini so'rab qolamiz. Vallohu a'lam.