Assalomu alaykum. Ro'zadorning tomog'i og'risa, furaцilin yoki tuzli suv bilan g'arg'ara qilib chayishi mumkinmi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Javobimiz kechikkani uchun uzr so'raymiz. Tomoqni g'arg'ara qilishning o'zi bilan ro'za ochilib qolmaydi, ammo tomoqdan suv o'tib ketib qolsa, ro'za ochiladi. Odatda ko'pincha g'arg'ara qilganda tomoqdan suv o'tib ketib qoladi, shuning uchun ro'zador holda tomoqni chaymaslikni tavsiya qilamiz. Vallohu a'lam.