TIJORAT MAQSADIDA BOQILAYOTGAN CHORVA ZAKOTI

ID: 9324

15.03.2026

42

Savol:

Assalomu alaykum. Menda 34 dona yoshi taxminan 1,5-2,5 yoshli buqalar mavjud. Hammasi vazni xar xil 400 kg dan 550 kg gacha tirik vaznda. Bularni foyda qilish maqsadida 7-8 oy oldin sotib olganmagn va hozirgi kunga qadar boqyabman. Buqalar yaylovda emas fermada boqiladi. Xurmatli ustozlar yuqoridagi masalani ko'rib chiqib zakot miqdorini belgilashda menga yordam bersangiz. Yani bir savol ota ro'zg'ori boshqa bo'lgan qizi uchun zakot bersa bo'ladimi? Javoblar uchun oldindan raxmat

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Agar siz ushbu qoramol va buqalarni foyda olish maqsadida olgan va boqayotgan bo'lsangiz, ular tijorat moli sanaladi va ularning umumiy qiymatining 1/40, ya'ni qirqdan biri, yoki 2.5% zakot sifatida chiqariladi. Shuning uchun siz o'zingizdagi qoramol va buqalarning hozirgi kundagi bozor qiymatini belgilaysiz. So'ng o'sha qiymatni qirqqa bo'lib, qirqdan birini zakot sifatida kambag'allarga berasiz. Zakotni o'zining farzandlariga berib bo'lmaydi. Garchi qizingizning ro'zg'ori boshqa bo'lsa ham, unga zakotingizni bersangiz joiz bo'lmaydi. Ammo kuyovingiz muhtoj bo'lsa, zakotni unga bersangiz bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar