Assalomu alaykum. Agar bomdod namozining vaqti 5:19 da kirsa, masjidda azon chaqirilgandan keyin darhol o'qisa bo'ladimi yoki uyda ham masjidda o'qilishini kutish kerakmi?
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Azon aytilgach, masjidda namoz o'qilishini kutmay, namozni darhol o'qilsa ham namoz durust bo'ladi. Ayol kishi bomdod kirishi bilan uni o'qib olishi mumkin. Erkaklar esa iloji boricha masjidga chiqishga harakat qilishlari kerak. Hozirda musulmonlar eng beparvo bo'layotgan sunnatlardan biri jamoat namozidir. Ammo mabodo, masjidga chiqmay, uyda azon aytilishi bilan o'qib olsangiz o'z vaqtida o'qigan bo'lasiz. Vallohu a'lam.