Treyding savdosi shar'an joizmi?
Meni ancha vaqtdan beri qiynayotgan bir savol bor edi.Menda tahorat qilish jarayonida va jumladan tahorat qilib tugatganimdan keyin endi namoz o’qishni boshlamoqchi bo’lib turgan paytim xuddi yel chiqqandek va xuddi peshob tomchilagandek tuyulaveradi. Keyin yana qayta tahorat qilishga majbur bo’lib qolaman. Iltimos shunga batafsil javob yozib qoldirsangiz
Er xotiniga mahr bermagan bo'lsa hukumronligi sobit bo'lmaydimi? Zaruriyat bo'lsa eridan beruxsat ko'chaga chiqisa bo'ladimi?
Men ayolim bn ikki marta qayta nikoh uqitgandim keyin bir kuni uni arazlab ketib qolishidan zerikib qurqitib quyish niyatida Yana uyingga arazlab ketsang javobing uzing bilan dedim u arazlab ketdi shunda bizni urtamizga 3 taloq xam tushgan buladimi
Assalomu alaykum. Balog'atga etgandan keyin ro'za tutmagan, yaxshi bilmagan, chala tutgan odam yanada ulg'ayib, aqlini va hayotni tanigandan so'ng ortda qolgan ro'zalarni tutib berishi kerakmi yoki shart emasmi? Xuddi shu qatorda qazo namozlari-chi? "Vaqt o'tib ketdi, bilmaganman-da", deyish bizni savol-javobdan ozod qildimi?
Assalomu alaykum, ustoz. Bundan 8 yil oldin 500 AQSh dollari ($) qarzim bor edi. Sharoitim yo'qligi sabab bera olmadim. Endi hozir shu pulni o'sha paytdagi kursda qaytarib beramanmi? Misol uchun, o'sha payt $ kursi 700 ming so'm edi. Shu narxda qaytarib beramanmi yoki hozirgi kursda qaytarib beramanmi?
Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bir inson duosida nomahram bir insonni duo qilishi mumkinmi? Ya'ni, u insonga yaxshilik tilab, Alloh gunohlarini kechirishini so'rab nomahramni duo qilish qanchalik to'g'ri? Bir tanishimiz: "Allohga yoqmasa kerak nomahramni duo qilishingiz", deb qoldilar. Qanchalik to'g'ri bu gap va umumiy mahram-nomahram masalalari haqida ham ma'lumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Men Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug'ilganman va u erda uzoq vaqt yashaganman. Keyinchalik oilamiz bilan Buxoro shahriga ko'chib o'tganmiz va u erda ham uzoq vaqt yashaganmiz. 2021-yildan boshlab Toshkentda istiqomat qilib kelmoqdamiz. Har safar Toshkentdan Buxoroga safarga chiqqanimda yo'l davomida namozni qasr qilib o'qirdim, Buxoroga etib borgach esa muqim bo'lib o'qirdim. Yaqinda Buxorodagi o'z uyimizni sotdik, biroq men tug'ilgan uy hanuz mavjud, u erda amakim va ularning oilasi yashaydilar. Shu holatda men G'ijduvonga borganimda namozni qasr holatida o'qishim kerakmi yoki muqim sifatida o'qishim kerakmi?
Assalomu alaykum! Bir kishi masjidga kirib namoz o'qidi, chiqsa, uning oyoq kiyimini kimdir o'ziniki deb o'ylab, adashib kiyib ketibdi. O'rniga o'zinikini qoldirib ketibdi. Qarasa, o'ziniki bilan bir xil ekan. Oyoq kiyimni kiyib ketgan kishini esa topishni iloji yo'q. Bu holatda kiyib ketgan kishining qoldirgan oyoq kiyimini kiyib ketsa bo'ladimi?
Assalomu alaykum va rohmatulloh. Men quyidagi ma'nodagi hadisning sharhiga tushunmadim: "Kim hamma g'amlarini bitta g'amga almashtirsa (ya'ni, oxirat g'amiga), Alloh uning boshqa g'amlariga O'zi kifoya qiladi". Iltimos, to'liqroq tushuntirib bering.