Assalomu alaykum. Balog'atga etgandan keyin ro'za tutmagan, yaxshi bilmagan, chala tutgan odam yanada ulg'ayib, aqlini va hayotni tanigandan so'ng ortda qolgan ro'zalarni tutib berishi kerakmi yoki shart emasmi? Xuddi shu qatorda qazo namozlari-chi? "Vaqt o'tib ketdi, bilmaganman-da", deyish bizni savol-javobdan ozod qildimi?
Vaalaykum assalom. Balog'at yoshidan boshlab qoldirilgan barcha namoz va ro'zalar zimmangizdagi qarz hisoblanadi va ularni qazo qilib o'tash farzdir. Musulmonlar yashaydigan diyorda «bilmas edim» deyish shariatda uzr sanalmaydi, tavba qilish o'sha ibodatlarni o'z vaqtida bajarmaganlik gunohini юvsa-da, ibodatning o'zini bo'yningizdan soqit qilmaydi. Shuning uchun, qoldirilgan ibodatlarni taxminan hisoblab, bor imkoniyatingiz ila tartib bilan qazolarini o'qib va tutib berishingiz shart. Alloh taolo barchamizning tavbalarimizni qabul qilib, ibodatlarimizni oson qilsin! Vallohu a'lam.