Men ayolim bn ikki marta qayta nikoh uqitgandim keyin bir kuni uni arazlab ketib qolishidan zerikib qurqitib quyish niyatida Yana uyingga arazlab ketsang javobing uzing bilan dedim u arazlab ketdi shunda bizni urtamizga 3 taloq xam tushgan buladimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Taloq lafzini ochiqcha aytilganda, albatta, taloq tushadi. Bu holatda niyat e'tiborga olinmaydi. Taloq lafzini ochiqcha aytmay, ham taloqqa, ham boshqa ma'nolarga dalolat qiladigan lafzlarni aytsa, masalan: "Chiqib ket", "Tur yo'qol", "Javobingni berdim", "Javobing o'zing bilan" degani kabi. Bunda er nimani niyat qilgan bo'lsa, o'sha bo'ladi. Ya'ni, taloqni niyat qilsa, taloq bo'ladi. Taloqni niyat qilmasa, taloq tushmaydi.
Taloqlar soni uchtaga etguncha qayta nikohlanishi mumkin. Taloqlar uchtaga etsa, er-xotin qayta nikohlana olmaydi. Faqat ayol to'g'ri nikoh bilan boshqa erga tegib, to'laqonli er-xotinlik aloqasidan keyin talog'ini olsa va iddani tugatsa, keyin avvalgi eriga nikohlanishi mumkin. Vallohu a'lam.