QASR NAMOZI

ID: 4195

14.11.2025

97

Savol:

Assalomu alaykum. Men Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug'ilganman va u erda uzoq vaqt yashaganman. Keyinchalik oilamiz bilan Buxoro shahriga ko'chib o'tganmiz va u erda ham uzoq vaqt yashaganmiz. 2021-yildan boshlab Toshkentda istiqomat qilib kelmoqdamiz. Har safar Toshkentdan Buxoroga safarga chiqqanimda yo'l davomida namozni qasr qilib o'qirdim, Buxoroga etib borgach esa muqim bo'lib o'qirdim. Yaqinda Buxorodagi o'z uyimizni sotdik, biroq men tug'ilgan uy hanuz mavjud, u erda amakim va ularning oilasi yashaydilar. Shu holatda men G'ijduvonga borganimda namozni qasr holatida o'qishim kerakmi yoki muqim sifatida o'qishim kerakmi?

Javob:

Assalom alaykum. Kishi tug'ilib o'sgan joyi (vatani asliysi)dan oilasi bilan boshqa joyga umrining oxirigacha yashash maqsadida ko'chib ketsa, yangi joy vatani asliyga aylanadi. Tabiiyki u erda muqim bo'lib, namozni to'liq o'qiydi. Kishi oilasi va narsalari bilan boshqa shaharga ko'chganda avvalgi vatanida hovli-joylari qolsa, u er vatani asliy bo'lib qolaveradi. Lekin ko'chgandan keyin tug'ilib o'sgan joyida uy-joyi yoki oilasi qolmasa, u er vatani asliylikdan chiqadi. Shuning uchun u erga o'n besh kundan kam muddatga borganda namozlarini qasr qilib o'qiydi (“Muhiti Burhoniy” va “Lubob” kitoblari asosida). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar