Er xotiniga mahr bermagan bo'lsa hukumronligi sobit bo'lmaydimi? Zaruriyat bo'lsa eridan beruxsat ko'chaga chiqisa bo'ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu juda ko'p tafsilotlarga ega savol bo'lib, nikoh jarayonida mahr masalasi ko'tarilgan va tomonlarning o'zaro kelishuvlariga qarab javob ham turlicha bo'lishi mumkin. Agar nikoh vaqtida mahrni bir qismini naqd, qolgan qismini nasiya yoki hammasini naqd berishga kelishib olingan bo'lsa va er kelishilgan naqd qismini bermay юrgan bo'lsa Abu Hanifa hazratlariga ko'ra, er naqd mahrni to'lashdan oldin ayolini ko'chaga chiqish va safar hamda nafl hajdan to'sa olmaydi. Lekin ayol o'z roziligi bilan o'zini eriga topshirsa va jinsiy yaqinlik qilishiga rozi bo'lsa, u holda barcha imomlarning ittifoqlari bilan joiz bo'ladi (“Attobiyya” kitobi). Boshqa bir manbaada: Imom Abu Hanifa rahimahullohga ko'ra, ayol naqd mahrni to'liq olmay turib, eri bilan safarga chiqishdan bosh tortishga haqli bo'ladi. Ammo ikki sohiblari Abu Юsuf va imom Muhammad rahimahumallohlarga ko'ra, ayol bu holatda eri bilan safar qilishdan bosh torta olmaydi. Buюk imom shayx Abul-Qosim Saffor rahmatullohi alayh safar masalasida imom Abu Hanifaning so'zlari bilan, erini o'ziga yaqinlashtirmaslik masalasida esa, ikki shogirdlarining so'zlari bilan fatvo berar edilar. Mashoyixlarimiz u zotning tanlovlarini go'zal sanaganlar. Shunga ko'ra, naqd mahrni to'liq olmagan ayol erini o'ziga yaqinlashishdan man qila olmaydi. Ammo eri bilan safar qilishdan bosh tortishi mumkin (“Muhiyt” kitobi). Agar avval boshdanoq mahrni hammasini nasiyaga (ya'ni umri davomidan sekin sekin berishga) kelishilgan va shunga ayol rozi bo'lib nikohlangan bo'lsa bu hukm undaylarga tegishli bo'lmaydi. Vallohu a'lam.