Assalomu alaykum. Namozning ruku'si va sajdaga borganda aytiladigan kalimalarni 3 martadan ko'p aytsa nima bo'ladi? 3 martadan kam aytsa bo'lmaydi, deb eshitganman. Lekin ayrim paytlari 3 martadan ham ortib, 4-5 marta aytib юborishim mumkin-da, shuning uchun so'ramoqdaman. Namozdan so'ng 33 martadan aytiladigan zikrlar ham shular jumlasidanmi, ya'ni 33 tadan ko'p aytib bo'ladimi?
Jamoat namozlarida namoz oʻqiyotganda yonidagi yoki oldidagi odamning beli ochilib qolsa va bexosdan koʻz tushib ketsa nima boʻladi va bunday holatda nima qilish kerak? Namoz oʻqiyotgan paytda bel ochilib ketsa nima boʻladi? Javob uchun oldindan tashakkur!!!
Sun'iy intelekt yordamida odamlarni rasm va videolarini yaratish (jonlantirish), Olamdan o'tgan insonlarning rasmlarini jonlantirib video ko'rinishida gapirtirish mumkinmi
Biz marhumlar uchun Qurʼon hatm qilib ularga bagʻishlaymiz. Tiriklar uchun ham Qurʼonni ōqib ular uchun bagʻishlasa bōladimi?
Sajdai sahv qilishi kerak bulgan kishi unutib namozni tugatib quysa va namozni buzadigan amal qilsa, namozini qayta uqiydimi?
Taloq masalasida savolim bor edi. Turmush o‘rtog‘im taloqni o‘zaro oilasini yonida aytib yuborgan bo‘lsa, biroq u yerda ayoli bo‘lmasa va eshitmagan bo‘lsa taloq tushadimi?
Men Koreyada oʻqiyman va ishlayman. Ishim koʻchada boʻladi, biroz qiyin. Qishda issiq suv muammo bo'lgani sababli tahoratga qiynalib qolyabman. Shunday vaziyatda Peshin va Asr namozlarini tayyamum qilib oʻqisam boʻladimi?
Mening savolim gemoroy kasali bor insonlar qanday namoz o'qiydilar?
Assalomu alaykum. Biz bilamizki, g'iybat katta gunoh. Misol qilib aytsam, men dugonamga qaynisinglimning menga qilgan hunuk ishlari va aytgan gaplarini gapirib berib, bundan dilim og'riganini aytsam ham g'iybat qilgan bo'lamanmi? Albatta, qasddan g'iybat qilish uchun emas, dilni bo'shatish va og'rig'imni aytish uchun qilgandim. Bunday holatlar ayollar orasida ko'p uchraydi. Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki: oshxona, hammom, hojatxona suvlarini chuqurga quyilishi joizmi?