Singlimning turmushi o'xshamagan, bir nafar farzandi bor. Jiyanim uch yoshga kirgan, dadasini so'raydi, biz javob bera olmayapmiz. Biz yosh bolaga qanday tushuntirsak bo'ladi? Hozir haqiqatni aytishimiz kerakmi yoki ozroq jiyanimiz katta bo'lishini kutaylikmi? Biz jiyanimga haqiqatni aytsak, ruhiy zarba berib qo'ygan bo'lmaymizmi? Yoki keyinchalik aytsak, kelajagiga ta'sir qilmaydimi? Shu borada ulamolar nima deyishgan? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Menda bir savol bor edi. Bodibilding (mushaklarni o'stirish, shakllantirish va estetik ko'rinishga keltirishga qaratilgan sport turi) bilan shug'ullanib, sportchilar o'rtasidagi musobaqalarga chiqish (bu musobaqalarda sportchilar sahnaga chiqib, mushak hajmi, qotishi, simmetriya va umumiy estetik ko'rinish bo'yicha baholanadi) joizmi? Ya'ni, bu sport turi bilan musobaqaga chiqib, obro' orttirsa, pul ishlasa bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha: men Game club (o'yin klubi) ochish niyatim bor edi, lekin undan keladigan mablag' halolmi yoki harommi, bilolmayapman. Chunki u erda o'ynaladigan o'yinlar insonlarning vaqtini va yoshlarni ma'naviy jihatdan o'zgartiradi deb o'ylayapman. Shunga sizlarga murojaat qildim! Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Assalomu alaykum, domla. Men hozir chet elda o'qiyman, kelganimga 1 oy bo'ldi. Yoshim 18da. Uydagilardan hadeb pul so'rashga qalb qo'ymayapti, ochig'i, uyalyapman. Shuning uchun ish topish maqsadida 100 ta joyga ariza topshirdim, lekin birortasi olmadi. Xullas, oxiri kazino ishga olaman deb yozdi. U erda mening qiladigan ishim faqat o'yin qoidasini tushuntirish va mehmonlarni chiroyli kutib olish ekan. Shu ishga kirsam, bu harommi? Javob uchun rahmat, Alloh rozi bo'lsin sizdan.
Har bir tumanda ayol doyalar bo'lishi kerak emasmi? Bizda, Sho'rchi tumanida, faqat erkak doyalar bor ekan.
Butilkali suvlarning qopqog'i ostidagi son orqali 3-4 kishi o'yin o'ynab, kichik chiqqan son egasi hammaga suvning pulini to'lab berishi to'g'rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Tasbeh namozida "Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar" tasbehini o'zini aytsa bo'ladimi yoki "La havla va laa quvvata illa billah..."ni ham qo'shib aytish kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Soch, qo'ltiq osti va kindikdan pastdagi tuklarni nima qilgan ma'qul?
Assalomu alaykum va rohmatulloh! Savolim shundan iboratki: bir qancha vaqt oldin qarindoshimga chetdan apparatlar kerakligini aytdi. Chet tilini bilganim tufayli u apparatlarni qidirib topdim va narxini kelishdim. 80 so'm turadigan apparatni 100 so'm deb qarindoshimga aytdim (chunki u apparatni to qarindoshimning qo'ligacha olib kelib berish mening bo'ynimda edi, shu uchun ancha vaqtim va harakatim ketdi, undan tashqari apparat bo'yicha nimadir muammo chiqsa, o'zim hal qilib berardim). Shu tarzda ancha vaqt apparat olib keldik, men shu vaqt mobaynida ozroq pul ishlab oldim. Qarindoshim bilan qanchadir haq evaziga olib kelib beraman degan kelishuv bo'lmagan (faqat orada 1-2 marta ozroq pul bergan, tamom). Tovar ustiga qanchadir pul qo'yib olib kelganman deb aytish noqulay, chunki qarindoshim. Shu topgan pulim menga halol bo'ladimi?
Assalomu alaykum! Mening 18 yillik ham dugonam bor. U bilan maktabda 11 yil birga o'qiganmiz. Hozir ham boshqa institutlarda o'qisakda, juda yaqinmiz. Dugonam menga qarindosh bo'ladi – ammaning qizi. Dugonam haqida qarindosh-urug'larimiz har xil gaplar gapirishmoqda (dangasa, kibrli...). Shu gaplarni men unga aytsam, "O'zingni to'g'rila, sen haqingda shunaqa deyishmoqda", desam, men chaqimchi bo'lib qolmaymanmi? Javobingiz uchun rahmat. Agar savolim noo'rin bo'lgan bo'lsa vaqtingizni olgan bo'lsam uzr so'rayman! O'zim uchun bilishim kerak deb o'yladim.