SUV QOPQOG'IDAGI SONLAR ORQALI O'YIN O'YNASH

ID: 4486

24.11.2025

77

Savol:

Butilkali suvlarning qopqog'i ostidagi son orqali 3-4 kishi o'yin o'ynab, kichik chiqqan son egasi hammaga suvning pulini to'lab berishi to'g'rimi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunday qilish joiz emas. Chunki bunda bir kishining zarar ko'rishi evaziga boshqalar foyda ko'rmoqda. Bu ayni qimordir. Zero, har bir o'yinda o'rtaga pul tikilib yoki mol qo'yilib, mag'lubning molini g'olib olib ketadigan bo'lsa, u qimor hisoblanadi. Ma'lumki, Islom dinida qimor qattiq qoralangan va gunohi kabiralardan biridir. Alloh taolo bu haqda shunday deydi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Ya'ni: «Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, butlar va (fol ochadigan) cho'plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo'ling. Shoyadki, najot topsangiz». (Moida surasi, 90-oyat). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar