YAQIN DUGONAGA G'IYBAT HAQIDA AYTISH CHAQIMCHILIKKA KIRADIMI?

ID: 4478

24.11.2025

69

Savol:

Assalomu alaykum! Mening 18 yillik ham dugonam bor. U bilan maktabda 11 yil birga o'qiganmiz. Hozir ham boshqa institutlarda o'qisakda, juda yaqinmiz. Dugonam menga qarindosh bo'ladi – ammaning qizi. Dugonam haqida qarindosh-urug'larimiz har xil gaplar gapirishmoqda (dangasa, kibrli...). Shu gaplarni men unga aytsam, "O'zingni to'g'rila, sen haqingda shunaqa deyishmoqda", desam, men chaqimchi bo'lib qolmaymanmi? Javobingiz uchun rahmat. Agar savolim noo'rin bo'lgan bo'lsa vaqtingizni olgan bo'lsam uzr so'rayman! O'zim uchun bilishim kerak deb o'yladim.

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar gapni "falonchilar sen haqingda shunday dedi" deb etkazsangiz va bu ularning orasi buzilishiga sabab bo'lsa, bu shariatda harom qilingan chaqimchilik hisoblanadi.

Gap tashuvchi bo'lib qolmaslik uchun qarindoshlarning gapini naql qilmay, dugonangizga kamchiliklarini hikmat va юmshoqlik bilan, o'z nomingizdan nasihat qilib tushuntirishingiz maqsadga muvofiqdir. Zero, mo'min kishi birodarining aybini юziga solmaydi, balki uni tuzatishga xolis yordam beradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar