Assalomu alaykum, domla. Men hozir chet elda o'qiyman, kelganimga 1 oy bo'ldi. Yoshim 18da. Uydagilardan hadeb pul so'rashga qalb qo'ymayapti, ochig'i, uyalyapman. Shuning uchun ish topish maqsadida 100 ta joyga ariza topshirdim, lekin birortasi olmadi. Xullas, oxiri kazino ishga olaman deb yozdi. U erda mening qiladigan ishim faqat o'yin qoidasini tushuntirish va mehmonlarni chiroyli kutib olish ekan. Shu ishga kirsam, bu harommi? Javob uchun rahmat, Alloh rozi bo'lsin sizdan.
Va alaykum assalom. Kazino qimorxona bo'lgani uchun, garchi o'ynamasangiz ham, u erda har qanday vazifada ishlash gunohga sheriklik sanaladi va dinimiz ahkomlariga ko'ra joiz emas. Sabr qilib halol ish izlashni davom ettirsangiz, Alloh taolo albatta xayrli va barakali rizq eshiklarini ochadi. Unga qadar ota-onadan yordam olib turishning yomon joyi yo'q. Vallohu a'lam.