TASBEH NAMOZIDA "LA HAVLA VA LAA QUVVATA"NI QO'SHISH

ID: 4483

24.11.2025

46

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Tasbeh namozida "Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar" tasbehini o'zini aytsa bo'ladimi yoki "La havla va laa quvvata illa billah..."ni ham qo'shib aytish kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Tasbeh namozida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo'lgan hadisi sharifga ko'ra, «Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar»ning o'zini aytish kifoya va sunnatga muvofiqdir. Unga «La havla...» kalimasini qo'shib aytish shart emas. Ibodatlarda hadisi sharifda kelgan lafzlar bilan cheklanish maqsadga muvofiq sanaladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar