Soch, qo'ltiq osti va kindikdan pastdagi tuklarni nima qilgan ma'qul?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda shaxsiy ozodalikka katta e'tibor berilgan bo'lib, qo'ltiq osti va kindik osti tuklarini tozalab turish, shuningdek, tirnoq va mo'ylabni qisqartirish fitriy sunnat, ya'ni, pok tabiatga uyg'un ishlardandir. Buni zamonaviy tilda shaxsiy gigiena, deyiladi. Payg'ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: الفِطْرَةُ خَمْسٌ -أَوْ خَمْسٌ مِنَ الفِطْرَةِ-: الخِتَانُ، وَالِاسْتِحْدَادُ، وَنَتْفُ الإبْطِ، وَتَقْلِيمُ الأظْفَارِ، وَقَصُّ الشَّارِبِ. “Besh narsa sof fitratdandir: xatna qilish, qovuq (tuklari)ni qirish; qo'ltiq (tuklari)ni юlish, tirnoqlarni olish, mo'ylabni qirqish” (Imom Buxoriy Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhudan rivoyat qilganlar).
Bu tuklarni tozalashda aynan bir usul shart qilinmagan, balki ularni qirish, юlish yoki maxsus vositalar yordamida tozalash joizdir. Olingan soch, tuk va tirnoqlarni duch kelgan joyga tashlamasdan, erga ko'mish tavsiya etiladi. Vallohu a'lam.