Men Moskva shahrida ishlayman. Go‘sht olish uchun bir nechta joylarga borib uchrashdim, surishtirdim, bismillahi Allohu akbar, deb so‘yasizlarmi, deb so‘radim. Sotuvchi aytdiki, bu yerda go‘sht sotadiganlarni deyarli hammalariga tayyor so‘yilgan go‘sht keladi. Olib kelgan bolalar halolligiga garantiya deb aytgan deyishdi, shu holatda qanday yo‘l tutish joiz?
Men ustachilik qilaman. Bir kishidan eshitib qoldim. Seshanba kuni yangi ish boshlama, ziyon ko‘rasan, ishing yurishmaydi. Chorshanba kuni ish boshlasang yaxshi, bo‘ladi” deb kitobda o‘qiganman dedi. Shu to‘g‘rimi?
Ba’zi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar qondagi qand miqdorini bilish uchun maxsus moslamani qo‘llariga yopishtirib oladilar. Ushbu moslamaning shakli yupqa narsa bo‘lib, qondagi qand miqdorini tez o‘lchash imkonini beradi. Shu moslamani qo‘lga yopishtirib olingan holda tahorat va g‘uslning hukmi qanday bo‘ladi?
Men kinolarda grafika bilan shug‘ulanaman, bunda oddiy kadrlardagi insonlarni yuz qiyofasiga jarohat yetkazilgan holatlar va o‘q otilib insonga jarohat yetkazgan holatlar kompyuter grafikasida tayyorlanadi va bundan tashqari ko‘p tarixiy filmlar uchun bo‘ri va yo‘lbars kabi yirtqich hayvonlarni kompyuterda xuddi xaqiqiy va jonlidek yasaladi, savolim shundan iboratki: men grafikada kadrda bo‘lmagan hayvonlarni yasab ularni filmlarda ishlatishim mumkinmi va filmda insonga jarohat holatlarida yuziga o‘zgartirish kiritib zombi holatlariga kiritishim mumkinmi va men bu grafikachi ishi kasbi orqali gunohkor bo‘lmaymanmi? Bu kasb shariatimizda halolmi yoki harom?
Men talabaman. Darsga bora olmagan kunim oraliq nazorat ishi bo‘libdi. O‘sha kuni o‘qituvchimiz ham kelmabdi. Kursdoshlarim mening nomimdan ham yozib yuboribdi. Bu holda men nima qilishim kerak? O‘qitivchimizga kursdoshlarim mening nomimdan ham yozib yuborganini haqida aytsam va oraliq nazorat ishini o‘zim qaytadan yozsam to‘g‘ri qilgan bo‘lamanmi? Bunda kursdoshlarimning aybini ochgan bo‘lmaymanmi?
Junub holda uxlab qolsa ertalab o‘yg‘onganda hayzi kelib qolgan bo‘lsa g‘usl qilishi kerakmi?
Namozda tashahhudni ikki marta takrorlab o‘qib qo‘yilsa, sajdai sahv qilish kerakmi?
Sirka qanday tayorlansa, halol bo‘ladi?
Ehromdagi erkakning oyoq kiyimi qanday bo‘lishi kerak?
Sovuqda haj yoki umrada ikki qavat ehrom kiysa bo‘ladimi?