Namozda tashahhudni ikki marta takrorlab o‘qib qo‘yilsa, sajdai sahv qilish kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Agar namozxon to‘rt rakatli namozning avvalgi qa’dasida ikki marta tashahhud (“Attahiyyatu lillahi...” duosi)ni o‘qigan bo‘lsa, bunda uchinchi rakatning qiyomini kechiktirganligi sababli sajdai sahv qilishi kerak bo‘ladi. Agar to‘rtinchi rakatda ya’ni oxirgi qa’dada shu ish sodir bo‘lsa, sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Bu haqda “Muhiyt al-Burhoniy” kitobida shunday deyilgan:
"إذا كرر التشهد في القعدة الأولى فعليه سجود السهو، وإن كررها في القعدة الثانية فلا"
“Birinchi qa’dada tashahhudni takrorlasa, sajdai sahv qilishi lozim bo‘ladi. Agar tashahhudni ikkinchi qa’dada takrorlasa, sajdai sahv bo‘lmaydi” (1-juz, 505-bet). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.