SIRKA HAQIDA

ID: 195

04.04.2025

32

Savol:

Sirka qanday tayorlansa, halol bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Sirka non va taomlarga qo‘shib istemol qilinadigan halol nonxurakdir. Bu haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:

"نِعْمَ الإِدامُ الخَلُّ" (رواه الامام مسلم)

“Sirka qanday yaxshi nonxo‘rak”, dedilar.

Sirkani uzum, anjir, olma, xurmo, shotut va boshka shirin mevalarning sharbatidan tayyorlanadi. YAna mayizga o‘xshagan quruk mevalarni, bug‘doy, arpaga o‘xshagan don mahsulotlarini suvga ivitib yoki asalni suvga aralashtirib tayyorlasa ham bo‘ladi. Sirka tayyorlashda avval meva sharbatini yoki quruq meva ivitilgan suvni biror sopol ko‘za yoki xumchaga, yo bulmasa shisha idishga solinadi, achib qaynash uchun quyosh tushadigan joyga qo‘yiladi. Bu holatda avval achiydi, ko‘piklar hosil qilib qaynaydi, 10-20 kunlarda qaynashi to‘xtaydi. Uni suzib, unga tayyor sirkadan (masalan 1litrga 100 gr miqdorida) qo‘shiladi va bu aralashmani ta’mi nordon holga kelguncha idishni og‘zini mahkamlab qo‘yiladi. Xullas, ta’mi nordon holga kelib, achchiqlik ta’mi ketsa sirka tayyor bo‘ladi.

"ﻭﺇﻧﻤﺎ ﻳﻌﺮﻑ اﻟﺘﺨﻠﻞ ﺑﺎﻟﺘﻐﻴﺮ ﻣﻦ اﻟﻤﺮاﺭﺓ ﺇﻟﻰ اﻟﺤﻤﻮﺿﺔ ﺑﺤﻴﺚ ﻻ ﻳﺒﻘﻰ ﻓﻴﻬﺎ ﻣﺮاﺭﺓ ﺃﺻﻼ 

ﻋﻨﺪ ﺃﺑﻲ ﺣﻨﻴﻔﺔ ﺭﺿﻲ اﻟﻠﻪ ﻋﻨﻪ" (بدائع الصنائع)

“Albatta, xamr (may, mast qiluvchi ichimlik)ni sirkaga aylanishi, achchik ta’mdan, nordonga o‘zgarishi bilan bilinadi. Imom Abu Hanifa rahimahulloh aslo achchik ta’m qolmaslikni ta’kidlaydilar” (“Badoi’ as-sanoi’” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar