Ayollarning uzrli vaqtlarida qolgan namozlari qazo qilib o‘qiladimi?
Yaqinda uylanaman ayolim menga aka deb murojaat qilishi mumkinmi? Mumkin bo‘lmasa nima deb murojat qilgani yaxshi?
Har bir namozdan keyin shukur sajdasini qilish bid’at emasmi?
Rossiya davlatidaman. Rus cherkovini ta’mirlasak bo‘ladimi? Xristianlarning tom, eshik va hokazolarinichi? Alhamdulillah musulmonman.
Namozlardan keyin duo qilsam hayolimga "duo qilib ovora bo‘lma, sani duoying qabul emas", "chin dildan qilmading qabul emas" yoki "allohning qudratiga shubha qilib qo‘yding, endi qabul emas" degan har xil hayollar keladi. Keyin shu hayollar bilan urushib-urushib zo‘rg‘a duo qilaman. Iltimos maslahat bering ustoz qanday yo‘l tutay.
Ka’bai muazzama ichida havoda muallaq turuvchi tosh bor deb aytishdi. Lekin Ka’baning rasmlarida bu narsaga ko‘zim tushmadi. Iltimos shu xaqida ozroq ma’lumot bersangiz.
Uyda quyon boqish mumkinmi?
Bir tanishim ayol bo‘laturib erkaklardek namoz o‘qiydi. Ya’ni sajdada tirsaklarini yerdan ko‘tarib turadi, qa’dada ham oyoqlari uchini qiblaga qaratib huddi erkaklarnikidek o‘tiradi. Aytsam "namozda erkak va ayol deb ajratilmaydi" deydi. Aslida esa farqlari bor, shunday emasmi?
Ba’zi odamlarda "Juma kuni arvohlar haj safariga ketadi, shu uchun namozlardan keyin tilovat qilinmaydi. Agar tilovat qilinsa savobi dasturxon bo‘lib boradi va arvohlar Haj safariga bora olishmaydi" degan tushuncha paydo bo‘lgan. Iltimos shunga biror raddiya bersangizlar!
Meni tog‘am peshin namozidagi ikki rakat Sunnatni to‘rt rakat qilib o‘qiydilar. Shunday o‘qisa bo‘ladimi?