Men savdo sohasida ishlayman. Nisobdan oshgan molim bor. Deyarli har kuni almashinib sotiladi. Mol otamning ixtiyorida. Bunga zakot xukmi qanday bo‘ladi? Otamga vojib bo‘ladimi yoki mengami?
Men bozorda savdo qilaman. Yaqindan beri namoz o‘qiyman. Azon aytilgandan so‘ng namozga bormay savdo qilsa topgan puli harom bo‘ladimi? Agar bo‘lsa besh mahal namoz o‘qishni boshlashdan oldin topgan pullarimchi?
Koronavirus tufayli ertangi juma namozi o‘qilmasligi, uning o‘rniga uyda har kim peshin namozini o‘qishi lozimligi muftiyat tomonidan e’lon qilindi. Juma namozini uyda jamoat bo‘lib o‘qisak bo‘ladimi?
Bilyard o‘ynash va bilyardxona ochib, undan daromad olish hukmi qanday?
Kasbim boshlovchi, suxandon. To‘y va tadbirlarda boshlovchilik qilib rizq topaman. Kasbimdan kelgan rizqim va kasbim halolmi. Boshqa xunarim yo‘q. Imkon qadar ibodatdaman.
Uyda o‘qiydigan nomozlarimda “…yuzimni qiblaga qaratgan holatda xolis alloh uchun” deb niyat qilaman. Masjidda ham shunday deyishim kerakmi? Masalan asr yoki shom namozi uchun?
Insonlarning ichiga jin kirishi haqida so‘ramoqchi edim. Ba’zi videolarda shu narsalarni ko‘ryapmiz, insonni ichiga jin kirishi mumkinmi? Oldindan rahmat!
Namozga azon aytiladigan vaqtda telefonimda ham azon aytadigan qilib olganman. Majlis, yig‘ilishlar tufayli azonni eshitmay, o‘chirib qo‘ysa, Allohni rad etgan bo‘ladimi?
Sha’bon oyida ro‘za tutishni niyat qilib turibmiz. Og‘iz ochish va yopish vaqtlari va duolarini aytib yuborsangiz, iltimos.
"Pirsiz yurganning piri shaytondir", deb eshitganman. Pirga qo‘l berish hayotda kerakmi?