SUXANDONLIKNING HUKMI

ID: 918

04.04.2025

13

Savol:

Kasbim boshlovchi, suxandon. To‘y va tadbirlarda boshlovchilik qilib rizq topaman. Kasbimdan kelgan rizqim va kasbim halolmi. Boshqa xunarim yo‘q. Imkon qadar ibodatdaman.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Avvalo kasb nuqtai nazaridan Sizning kasbingizga shariatimizda mone’lik yo‘q. Ammo, har bir kasbni ham o‘sha kasb egasi gunoh ma’siyat ishlarga ishlatishiga shariatimiz ruxsat bermaydi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

"Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir" (Niso surasi 2-oyat). 

Demak, gunoh-ma’siyat tadbirlarida emas, balki dinimiz ko‘rsatmalariga zid kelmaydigan davralarda xizmat qilishingiz joiz. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar