Men Qur’on yod olmoqchiman. Ammo yod olishga juda qiynalyapman. Menga Qur’onni oson yodlashim uchun maslahatlar bersangiz, iltimos.
Namozdan keyin qanday arabcha duolar qilish kerak?
"Namoz o‘g‘rilari" degan iborani eshitib qoldim, shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz, iltimos.
Men internetda rossiyskiy serial saytim bor. Saytda reklama orqali pul topaman. Ichkilik faxsh reklamalarini qo‘ymayman. Magazinlar, kiyimlar, oziq-ovqat reklamalarini qo‘yaman. Shu orqali daromad qilaman, ushbu faoliyat shariatimizga to‘g‘ri keladimi?
Kimgadur biron narsani (pul)ni va’da qilib yoki bugun tayyor bo‘ladi deb aytilgan vaqtga qilib bera olmasam, aytgan gapimni ustidan chiqa olmasam, buning hukmi qanday bo‘ladi?
Chet el safarlarida ko‘p yuramiz. Mehmonxonalardagi hojatxonalarning ayrimlari qibla tomonga qaragan bo‘ladi. Shunday holatlarda bu hojatxonalardan foydalanish hukmi qanday?
Bukmekerlik kompaniyalariga pul tikish qimorga kiradimi?
Ustozlar ushr haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. Ushrni dehkonchilikni yig‘ishtirgandan keyin darhol berish kerakmi yoki keyinroq bersa ham bo‘ladimi?
O‘rtog‘imni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashim joizmi? Umuman tug‘ilgan kunni nishonlash haqida dinimizda nima deyilgan?
Men ozish maqsadida bir firmani mahsulotlaridan xarid qilib, ichib boshlagandim. Mahsulotlarida halol sertifikati bor bo‘lgani uchun ko‘nglim to‘q edi. Keyin shu firmaga o‘zim a’zo bo‘lsam o‘zim uchun olayotgan mahsulotlarim uchun ball yig‘ilib menga oylik chiqishini bilib qiziqib, men ham shu firmaga a’zo bo‘ldim. Keyin qanday ish yuritish bo‘yicha ma’lumot olib, hafsalam pir bo‘ldi. Men bir inson ketidan yozildim, menga ham oylik kattaroq miqdorda chiqishi uchun o‘zimni ortimdan ishga taklif qilishim, o‘z guruhimni yig‘ishim, ular bilan birgalikda katta ballar yig‘sak oyligim shunchalik kattalashib borishi tushuntirildi. Eng xavfsiraganim ortimdan yozilgan odam katta ball yig‘sa, meni lavozimim ko‘tarilib uning yiqqan bali uchun menga qanchadir miqdorda % chiqarilishi shu % orqali mani oyligim kattalashishi tushuntirildi. Men uchun % ga ishlash yoqmadi, man ortimda mijoz yozdirmay o‘zim mahsulotlarni sotib oylik olaveraman degan maqsadda ish boshlamoqchi bo‘lib turgandim yana bir gap eshitib ish boshlashga ikkilandim. Men ortimdan mijoz yozdirmay ishlaganim bilan men ortidan yozilgan insonlarga % ga chiqarib berganim uchun men ham % ga sherik hisoblanar ekanman. Shu qilayotgan ishim Shariatimiz hukmiga ko‘ra halolmi?