Imomi Azom fiqxul akbar kitobida quronni qanday tariflagan bazibir firqalar quronni maxluq degan hanafiylar kofir degan fikirda ekanlar va imomi Azom bilan bir vaqitda yashagan ulomolar fikri qanday bulgan javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Men quyidagi masala bo‘yicha savol bermoqchiman: Agar erkak kishining qoshlari orasidagi sochlar (monobrov) juda qalin bo‘lsa va bu noxush ko‘rinsa, uni olib tashlash (tozalash) islomda joizmi? Bu masalada fiqhiy hukm qanday? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Assalomu alaykum men yaqinda uylanmoqchi man savolim shundayki men uylanadigan qiz meni familiyamga oʻtishi kerakmi yoki bu narsa ihtiyorimi men erni familiyasi ga oʻtish joiz emas degan gaplarini eshitgan edim iltimos menga shu haqda batafsilroq maʼlumot bersangiz javob uchun oldindan raxmat
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ayol kishi hayz va nifos holatida Qur'oni karimni yodlash uchun tilovat qilishi joizmi. Hozirgi kunda koʻp ayol qizlardan eshityapmanki yodlash uchun boʻlsa Mus'hafga qoʻl tekkizmasdan telefondan foydalanib yotlash joiz kabi soʻzlarni aytishmoqda lekin hadisga muvofiq bu man qilingan emasmi? Iltimos shu ma'vzuda toʻliq maʼlumot bersangiz!
Assalomu Aleykum Ustozlar. Yaqinda opam omonatlarini topshirdilar. Oyim va yaqin qarindoshlarimiz kiyimlarini o‘zgartirdilar va bizdagi urfga ko‘ra bir yil shu tarzda davom etar ekan. Men oyimga bu ishiz shariatga zid desam odamlar gapiradi deyaptilar. Va bu ishimiz marhuma uchun hurmat degan tushunchadalar. Va xar payshanba yakshanba kuni uyimizga qarindoshlar kelib ketishadi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Alloh rozi bo‘lsin!
Asalomu alkum ustoz maktabda yurganimda bollar bir biri bilan supor uynaydi shu haqida nima deysiz
Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Borakotuxu, qushlardan qaldirg‘och va musichani o‘ldirish gunohmi (boshqa turdagi parrandalarga nisbatan), ov qilish maqsadida yoki qasddan. Javob uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh Bazan oʻylab qolaman ota onam ilmli boʻlganda edi hozir menga ancha oson boʻlar edi deb. Men hozir oʻz dinimizni oʻrganayapman. Lekin bu rosa qiynalayapman miyyam chalkashib ketti oʻrgangim ham kelmay qolgan hech narsa qilgim kelmayapti. Yerga yalpayib hech narsa qilmasdan yotib olgim kelyapti. Agarda ota onam meni ilmli boʻlganda hozir menga yoʻl koʻrsatishgan boʻlar edi. Yoshligimda ilmga qiziqtirib hozir ancha narsani oʻrganib olgan boʻlar edim. Hozir 20 yoshdaman. Turmushga chiqmaganman. Ilm oʻrganayotganimga qoʻshimcha nagruzka boʻlib boʻydogʻligim ham bor. Bunda kimni ayblashdi bilmayman. Bazan ota onamga "Nega ilm oʻrganmagansiz yoki meni yoshligimdan ilm oʻrgangani bermagansiz" deb baqirib urushgim keladi. Lekin ota onaga unday deb boʻlmaydida, lekin shunday ichimga yutib yuraversam aniq bir kuni portlab ketishimni his qilayapman. Lekin kimga portlashim nomaʼlum. Keyin ham ilngliz, rus, arab, dasturlash tilini ham oʻrganishim kerak. Bu hammasi emas yana IT yoʻnalishi boʻyicha yana koʻp narsalarni oʻrganishim kerak. Yana uyimda tozalash ishlari ham meni boʻynimda. Lekin siqilganimdan asabiylashganimdan hech birini qilgim kelmaydi. Zoʻrgʻa Alloh tozalikni yaxshi koʻrganidan keyin uyimizga rahmim kelganidan asabiylashib qilaman. Lekin meni oʻrgangim kelmayapti. Ota onamni ota onalari ham ilm oʻrganmagan ularda ham ayb yoʻq nima qilay yordam beringlar
Telefon orqali taxoratsiz quron oqisa boladimi va ayollar xayz vaqtida telefondan quron oqib yodlasa boladimi
Assalomu alaykum ustoz, din yoʻlidagi ishlaringizga Alloh barakot bersin. Meni savolim asharayi mubashsharalar toʻgʻrisida. Bizga maʼlumki ular 10 ta. Bular- Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf, Sa’id ibn Zayd, Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhumdir. Men soʻramoqchi boʻlgan narsa shuki bir hadisda keltirilishicha Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vassallam masjidlarida sahobalar bilan oʻtirganlarida sahobalarga qarata "Sizlarga jannatiy insonni koʻrsataymi?" deb aytadilar. Sahobalar "Ayting yo rosululloh sallollohu layhi vassallam" deyishganida "Hozir manashu eshikdan kirib keladi" deganlar va eshikdan koʻpchilikka mashxur boʻlmagan oddiy bir inson kirib keladi. Bu holat ketma ket 3 kun takrorlanadi. Umar r.a. ularning uylariga mehmonga borib 3 kun qoladilar. Oʻsha barchaga mashxur qissa. Bundan tashqari yana bir necha qissalar kelgan shunga oʻxshash ismlari zikr qilinmagan holatda jannat xushxabari aytilgan zotlar haqida. Shunda asharayi mubashsharalar 10 tadan koʻpmi yoki men notoʻgʻri tahlil qilyabmanmi?