Telefon orqali taxoratsiz quron oqisa boladimi va ayollar xayz vaqtida telefondan quron oqib yodlasa boladimi
Zamonamiz ulamolari telefon kabi elektron jihozlarda Qur’oni karim ilovalari ochiq holda turganda o‘sha jihoz Qur’on hukmida bo‘lishi borasida turli fikr bildirganlar. "Misr fatvo uyi" ulamolari tomonidan elektron jihoz orqali Qur’on oyatlarini ushlash joiz deb fatvo berilgan.
Iordaniya fatvo hay’ati (https://aliftaa.jo/Question.aspx?QuestionId=1341#.YNBss2gzaUk) ulamolari, Shayx doktor Luay al-Xaliliy va boshqa bir qator ulamolar esa, telefonda Qur’on ilovasi ochiqlik paytida, u ham Qur’on hukmida bo‘lishi, shundan kelib chiqib, o‘sha holatda uni tahoratsiz ushlab bo‘lmasligini aytmoqdalar.
Qur’oni karimning hurmatini saqlash uchun elektron jihoz ekranida Qur’on ilovasi ochiq holda chiqib turgan bo‘lsa, sahifalarni o‘tkazishda betahorat qo‘l bilan ushlamagan ma’qul. Ammo, telefonning maxsus qalami yoki biror vosita yordamida tahoratsiz sahifalarni o‘tkazish mumkin.
Chunki “Tabyinul-haqoiq” kitobida quyidagicha keltirilgan: يجوز للمحدث الذي يقراء في المصحف تقليب الاوراق بقلم او سكين
ya’ni: "Tahoratsiz Qur’on o‘qiyotgan kishi varoqlarni qalam yoki pichoq yordamida ochishi mumkin". (1-juz, 166-bet).