Assalomu alaykum biz ottochento ishlab chiqaruvchimiz asosan mahalliy ustalar bilan ishlaymiz yaʼni sotamiz.Ustalar bizga mahsulot sotuviga qarab aksiya joriy qilishimizni soʻrayapti ya'ni sovgʻalar qoʻyishimizni biz sovgʻa qoʻysak ular mahsulotni uyni egasini puliga oladi va shu yoʻl bilan sovgʻaga ega boʻladi.Bu ish durust boʻladimi va biz sovgʻa qoʻysak halol boʻladimi?
Javobni oldim, buning uchun rahmat. Javrobga mash tortsachi? bu amal joizmi?
Yaqinda tarixdan 1903-yildan Xudoybergan Devonov ismli shaxs o'sha paytlardagi turli jismlarni, o'sha davrdagi o'ziga xos imoratlarni suratga olganligi haqida o'qib qoldim. Ammo bunga ana o'sha davrdagi ulamolar qattiq qarshilik ko'rsatgan ekan. Savolim shundaki hozirgi kunda biron bir jismni, inson yoki hayvon bo'lsin, uni suratga olish hamda chop etish joizmi ?
Bu yilgi Ramazon oyida quyosh tutildi. Shunga Ramazon oyida quyosh tutilsa, imom Mahdiy chiqishining alomati bo‘ladi degan ma’nodagi hadislarni tarqatishmoqda. Shu ma’noda hadislar bormi?
Hurmatli Fatvo markazi ulamolari, Sizga ushbu murojaat bilan murojaat etishimizdan maqsad — diniy va ijtimoiy jihatdan xalq orasida katta muhokamaga sabab bo‘layotgan masala yuzasidan shar’iy baho olishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziri tomonidan haj va umra ziyoratlari amalga oshirilgani rasmiy manbalarda e’lon qilindi. Bu safarlar: Davlat samolyotlarida; Davlat xavfsizlik va protokol xizmati hamrohligida; Va, ko‘pchilikning fikricha, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. Shu munosabat bilan, biz quyidagi muayyan shar’iy savollar bilan sizga murojaat qilmoqdamiz: --- Savollarimiz: 1. Islom shariatiga ko‘ra, haj va umra faqat halol va shaxsiy mablag‘ evaziga ado etilishi kerakmi? 2. Davlat byudjeti mablag‘i (ya’ni xalqning umumiy xazinasi) hisobidan ziyorat qilish — shar’an joiz va maqbulmi? 3. Nochorlar, beva-yetimlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar hisobidan to‘plangan jamg‘armalardan foydalanib hajga borish — ibodatmi yoki zulmmi? 4. Bunday ibodatda riyo, ko‘z-ko‘z qilish, manfaatdorlik ehtimollari mavjud bo‘lsa, bu ibodat shar’an to‘liq ado etilgan hisoblanadimi? 5. Prezident va Bosh vazir kabi rahbarlarning diniy safarlari davlat resursi bilan amalga oshirilganda — bu haq-huquq aralashgan mablag‘ bilan amalga oshgan ibodat sifatida ko‘riladimi? 6. Agar ibodat shar’an maqbul bo‘lmasa, u qayta ado etilishi lozimmi? --- Iltimos: Yuqoridagi masalalar bo‘yicha sizdan aniq, rasmiy va shariatga asoslangan fatvo yoki tushuntirish bayonoti berishingizni so‘raymiz. Bu nafaqat biz, balki butun jamoatchilik uchun muhim va oydin masala hisoblanadi. Rahbarlarning amallari jamiyat uchun o‘rnak bo‘lganligi sababli, bu kabi diniy masalalarga ochiq va adolatli baho berilishi — iman, adolat va halollik asoslarining himoyasidir.
Umra yoki hajda Hajarul asvadni o‘pish uchun tiqilinch paydo qilish va bir-biriga ozor berishning hukmi qanday bo‘ladi? Shu yerga tiqilishdan ko‘ra boshqa ibodatlarni qilish afzal emasmi? Shu haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz.
Uzum market nasiya savdosi joizmi (halolmi)
CAVOL: Misol uchun A ismli shaxs mashina sotuvchisi. Mashinalarini 10 mingdan sotayotgan bo‘lsa, B ismli shaxs uning mashinasini sotib olmoqchi bo‘lsa, A ismli shaxsga “Men senga tijoratingni yanada rivojlantirish uchun ma’lum miqdor qarz beraman, faqat 10 minglik mashinani menga 7 mingga sotasan”, deb kelishsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum turmush oʻrtogʻim bilan telefonda tortishib qoldik sen bilan yashamayman ajrashish uchun ariza beraman deb jahl qilib telefonni oʻchirdilar. Bu vaziyatda menga erim taroq bergan hisoblanadimi?
Buvamni ya’ni onamni qaynotalari yeriga qo’shnisining 2 ta tovug’i ko’p jo’ja ochgan ekan, onam bittasini jo’jalari bilan haydavorgan ekanla, ikkinchisini 12 ta jo’jasi bilan qayni ukalari olib qolgan ekanla, keyin onamga boqishga yordam bering deb shu bilan u tovuqlar onamda qolgan ekan va ancha vaqt ko’paygan xullas ancha foydalanishgan ekan, u voqeaga ancha yillar bo’ldi, onam afsuslanib shu tovuqlarni haqqini qaytarmoxchilar qanday miqdorda qaytarishlari kerak ?